Radiografiya

Radiografiya (radio… va …grafiya) — ionlovchi nurlaniitk fotografiya usulida hisobga olib ob’yektlarni tekshirish usuli; ionlovchi nurlanish-ning fotokatlamga ta’sir qilishi natijasida hosil bo’lgan tasvir. Nurlanish turiga qarab, a, r, v Radiografiyaga bo’linadi. Zaryadlangan zarra fotoqatlamga tushib, fotoemulsiya tarkibiga kiruvchi kumush bromidni ionlaydi va uning donachalarida yashirin tasvir markazlari hosil bo’ladi. Fotoplyonka ochiltirilganda uning ta’sir qilgan joyida emulsiyaning qorayganligi («treklar» hosil bo’lishi) ko’rinadi. Radiografiya usulida bir qancha radiokimyoviy masalalar: radioaktiv izotoplarni identifikasiyalash (taqqoslash), ularning kontsentrasiyasini aniqlash, yarim yemirilish davrini va preparatning radiokimyoviy chastotalarini belgilash, namuna sirtida radioaktiv izotoplarning taqsimlanish tasvirini hosil qilish (avtoradiografiya) kabi masalalarni hal etish mumkin. Shu bilan birga, bunda radiofizikada qo’llaniladigan qalin qatlamli plastinkalar va maxsus emulsiyalarni ishlatish mumkin. Nurlanish intensivligini aniqlashning yana bir usulida tekshirilayotgan namuna nurlanishi ta’sirida emulsiyaning qorayish darajasi ma’lum faollikdagi preparat (etalonna taqqoslanadi. Bunda ayrim treklarga e’tibor berilmaydi. Bu usulning biri kontrast Radiografiya deyiladi (bunda tasvir ayrim uchastkalarining qorayishi taqqoslanadi) va u namunada, gammadefektoskopiya va boshqalarda faollikning taqsimlanish manzaralarini hosil qilish uchun qo’llaniladi. Radiografiya geologiyada minerallarning radioaktivligini tekshirishda, biologiyada ob’yektlardagi radioaktiv moddalarning tarqalashini o’rganishda, texnikada gammadefektoskopiya va boshqalarda qo’llaniladi.