Hujayra markazi
Hujayra markazi, tsentriol (lotincha sepspit, Yunoncha kepggop — o’rta nuqta, markaz) — hayvonlar va ayrim o’simliklar hujayrasi organoidi. Asosiy vazifasi bo’linayotgan hujayra qutblarini belgilash. Hujayra markazi tsilinr shaklidagi 2 ta kichik bo’lakchadan tashkil topgan; biri ikkinchisiga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilib joylashadi. Hujayra markazi har biri 3 ta mikronaychadan iborat 9 ta bog’lamni o’z ichiga oladi. Hujayra markazi — tsitoplazmaning o’zidan-o’zi ko’payadigan organoidi. Ko’payishi oqsil kichik bo’lakchalarining o’zi-o’zini yig’ish jarayoni orqali amalga oshadi. Hujayra markazi hujayraning bo’linishida muhim ahamiyatga ega. Undan bo’linish duklari o’sa boshlaydi. Organizmning rivojlanish jarayonida Hujayra markazining joylashishi va shakli o’zgarib turadi. Hujayraning bo’linishi tamom bo’lgach hosil bo’lgan har bir yangi hujayra bir juftdan Hujayra markaziga ega bo’ladi. Hujayra markazining noto’g’ri bo’linishi patologik holatga sabab bo’ladi. Hujayra markazi gulli o’simliklarda bo’lmaydi.