Ohak-oltingugurt qaynatmasi
Ohak-oltingugurt qaynatmasi — akarisid, Fungi tsid; kaltsiy polisulfidning (CaS. Sx) suvdagi 10— 30% li eritmasidan iborat. Rangi to’k sariqdan och qizilgacha bo’lgan o’tkir vodorod sulfid hidli tinik suyuklik. O’rgimchak-kanalarga va o’simliklarning turli kasalliklariga karshi ishlatiladi. Suv, oltingugurt va ohakning 17:2:1 nisbatdagi (100 l suvga 12 kilogramm oltingugurt kukuni va 6 kilogramm ohak hisobida) aralashmasini 1-2 soat qaynatish bilan tayyorlanadi. Tayyor eritmaning areometrda aniklangan zichligi Bome bo’yicha 20° yoki 1,6 g/sm3 ni tashkil etishi kerak. Havo o’tmaydigan (masalan, moyli to’sma pardali) shisha idishlarda saqlanadi. Zarur darajadagi kuvvatga ega bo’lgan ish suyuqligi tayyorlatshda eritmaga suv aralashtiriladi. Bome bo’yicha 0,5— 1,0° quvvatga ega bo’lgan eritma bilan ishlanadi. Amadsa barcha (tok, pomidor, olma va boshqalar) ekinlar uchun qo’llash mumkin.