Oqurug’

Oqurug’ — o’rtapishar mahalliy qovun navi. Shakli yirik (4-7 kilogramm), cho’zinchoq (uzunligi 38-48 santimetr), tuxumsimon, uch tomoni ingichka, sirti tekis, serto’r, tusi — oq-yashil, jimjimali yashil yo’llari bor. Pusti qattiq, eti qalin (5,5—6,7 santimetr), oq, kuvrak. Tarkibida 7,6—11,7% qand, shu jumladan, 5,5— 8,7% saxaroza, 8,6—11,9% quruq modda bor. Urug’lari yirik, tuxumsimon, sariq. Urug’i ko’karib chiqqandan keyin hosili 80-88 kunda pishadi. Hosildorligi 250-300 ts/ga. Uzoq joylarga tashishga yaroqsiz. Asosan, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ekiladi.