Mujrim-Obid
Mujrim-Obid — (taxallusi; asl ismi-sharifi Mirakxo’ja o’g’li, 18-a. ning 2-yarmi — hoz. Buxoro viloyati vob- kent tumani Kumushkent qishlog’i — 19-a. ning 1-choragi) — zullisonayn shoir. O’z davri Buxoro adabiy muhitining za- bardast vakili. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar etarli emas. Ba’zi man- balarda shoirning ismi Obidxo’ja, ot- asining ismi Mirakxo’ja ekanligi qayd qilingan. Mirarab madrasasida tehsil ko’rgan. Dastlab Mujrim taxallusi b-n she’rlar yozgan. 19-a.ning boshlarida Amir Haydar unga Obid taxallusini bergan. Lekin u Mujrim taxallusidan ham voz kechmay, har ikkala taxallus b-n ijod etgan. U Amir Xaydar saroyida mu- boshirlik vazifasida ishlagan. 80 yilcha umr ko’rgan shoir hayotining so’nggi yil- larida qashshoqlikdayashagan. She’rlari- da bevafo dun-yodan, adolatsiz zamondan, oqibatsiz odamlardan nolish — shikoyat ohanglari aks etgan. Turkiy ijodida Navoiy va Mashrab, forsiy she’rlarida Bedilga izdoshlik qilgan. Uning turkiy devonida 459, for- siy devonida 206 g’azal bor. Devonlarida, shuningdek, muxammaslari, qit’alari, ruboiylari, «hasbi hol» masnaviy- si mavjud. Asarlari to’liq holda nashr etilmagan. G’azallaridan namunalar xam- da qit’a va ruboiylari bosilib chiqqan. Forsiy devoni mukammal emas. M.-O. an’anaviy uslubda go’zal ishqiy g’azallar yaratgan. Ularda so’fiyona ruh kuchli. Og’ir hayot yo’lini bosib o’tgan sho- Irning aksar she’rlarida shikoyat, qasrat ohangi ustun. Forsiy-arabiy so’zlar ko’p uchrashi jihatdan she’rlarining tili murakkab, lekin uslubi sodda, ifoda tarzi ravon. Sharq adabiyotini chuqur bilishi, etuk iste’dod sohibi ekanligi she’rlaridan sezilib turadi. She’rla- ri ohorli va go’zal tashbehu timsollar, teran falsafiy umumlashmalar, keskin ijtimoiy fikrlarga boy. Qit’a va rubo- iylarida shoirning axloqiy qarashlari, pandnasihatlari aks etgan. Umuman, dunyoning nomukammalligi, jamiyat qusurlari, odamlar fe’lidagi illatlar- ni tanqid qilish shoir she’riyatining asosini tashkil etadi. M.-O.ning turkiy va forsiyda bitil- gan devonlarining qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. №976, 1797, 3798, 991). As: Mujrim-Obid, G’azallar, T., 1960; Mujrim-Obid, ruboiy va qit’alar, T., 1996. Ad.: O’zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 5-j., T., 1978; Eshmonov G’., Mujrim Obidning turkiy ijodiyoti, T., 2002. Ergash Ochilov.