Monitoring
Monitoring (ing. Monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — ma’lum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. M. kundalik hayotning barcha sohalarida qo’llanadi. Mac, ekologiya sohasida er fondi holati bo’yicha kuzatishlar tizimi er M.i deb ataladi. Bunday M. erdagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadini ko’zlaydi. Kredit sohasida qo’llaniladigan M., ya’ni kredit M.ining mohiyati beril- gan ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz to’lash jarayonining borishi ustidan na- zorat qilishda namoyon bo’ladi. Kredit ar- xivi kredit M.i uchun asos hisoblanadi. Bu arxivda moliyaviy hisoblangan, ga- rov xususidagi hujjatlar, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash yuza- sidan qilingan hisobkitoblar va b. za- rur ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Kredit M.ini amalga oshirish tartibi bank- ning maqomiga, ixtisoslashuviga, unda qabul qilingan mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlash usuliga bog’liq. O’zbekistonda Respublika Oliy Maj- lisi huzurida maxsus amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institute faoliyat ko’rsatadi. Keyingi vaqtda ommaviy axborot vositalari M.i ham tashkil qilindi. Bu ishni O’zbekiston matbuot va axborot agentligi tarkibida tuzilgan (2002 y. 3 iyul) ommaviy axbo- rot vositalari monitoringi va ularni lisenziyalash markazi amalga oshiradi. Markazning asosiy vazifasi — omma-] viy axborot vositalari muassislari va taxririyatlari tomonidan O’zR ommaviy axborot vositalari, noshirlik, mat- baachilikka taallukli O’zR qonunlari, O’zR Prezidenti farmonlari, farmoy- ishlari va O’zR Vazirlar Mahkamasi qarorlari talablariga rioya etilishi ustidan M.ni amalga oshirishdan iborat. Markaz matbuot va axborot vositalarida fuqarolar, ommaviy axborot vositala- ri tahririyatlari xamda xodimlarining qadrqimmatini himoya qilish bo’yicha O’zR Konstitusiyasida va amaldagi boshqa qonunlarda ko’zda tutilgan talablarning buzilishiga yo’l qo’yilmasligini taxlil etib boradi. Markazning televidenie va radioeshittirish sohasida ommaviy axborot vositalari M.i, bosma ommaviy axborot vositalari M.i, lisenziyalashni tashkil etish bo’limlari bor.] Shuningdek, mamlakatimizda M.ning davlat tizimidan tashqari nodavlat tash- kilotlardagi ko’rinishlari ham mavjud. Bu borada «ijtimoiy fikr» jamoatchi- lik fikrini o’rganish markazipa amal qilib kelayotgan matbuot nashrlarida mavzular va mazmun M.i bo’limi faoli- yatini misol keltirish mumkin. Maz- kur bo’lim matbuot sahifalarida e’lon qilib borilayotgan axborotlar majmu- ini kontenttahlil uslubida o’rganadi. M. ijtimoiy taraqqiyotni faollash- tirishda muhim omil sanalganligi bois, uni xalq xo’jaligining turli jabhalariga faol va keng joriy etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, M. oi- Lada farzand tarbiyasi, ta’lim tizimi- da o’zlashtirish holati va darajasi, o’z- o’zini boshqarish organlarida aholini maqsadli ijtimoiy-himoyalash kabi ish- larni optimallashtirishda muhim vazi- fani bajaradi. Ad.: Bekmurodov M., O’zbekistonda jamoatchilik fikri, T., 2001. Rustam Baratov, Mansur Bekmurodov.