MANG’ISHLOQ VILOYATI

MANG’ISHLOQ VILOYATI, (qozoqcha Manqistov) — Qozog’iston Re- spublikasi tarkibidagi viloyat. 1973 y. 20 martda Gurev (hoz. Aterov) viloyati- dan ajralib chiqqan. Mayd. 165,6 ming km2. Aholisi 350 ming kishi (1999); asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, Ukra- in, turkman, o’zbek va b. millat vakil- lari ham yashaydi. Markazi—Oqtov sh. M. v. Qozog’istonningjan.-g’arbida. Re- lefi xilma-xil. O’rtacha balandlik- dagi tog’, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiklar uchraydi. Mang’ishloq tog’lari (eng baland cho’qqisi Qoratov tizmasidagi Beshsho’qi cho’qqisi 556 m) shim.-g’arbdan Jan.-sharqqa to- mon 150 km masofaga cho’zilgan. Viloyat- ning shim. Kaspiy bo’yi pasttekisligi- ning Jan. chekkasi b-n band. Mang’ishloq tog’laridan Jan.-Sharqda Qozog’istonda eng chuqur Qoragie (Botir) botig’i joy- lashgan (-132 m). Viloyatning Jan.- Sharqiy qismini Ustyurt platosi egal- lagan. Bu erda Mang’ishloq neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qo’ng’ir ko’mir, ohaktosh, mergel va b. foydali qazilma boyliklar ham ko’p. Iqlimi keskin kontinental va quruq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -3, -4°. Yozi juda issiq va quruq. Iyulning o’rtacha t-rasi 26-27°. MAK- simal t-ra 45° ga etadi. Yillik o’rtacha yog’in miqdori viloyat shim.da 150— 160 mm, Jan.da 100-110 mm. Er usti suv- lari kam. Faqat Jan.-sharqidagina bir nechta ko’l bor. Kaspiy dengizining suvi quruklikka ancha kirib borgan. Qo’ltiqlarning suvlari sho’r, ichish va texnika maqsadlarida foydalanishga yara- maydi. Er osti suvi ko’p. Kuduq suvlari- dan keng foydalanilmoqda. Tuproqlari, asosan, bo’z-qo’ng’ir tuproq. Shimol-G’arb vajanub-Sharqiy qismida sho’rxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shim. b-n Jan. da shuvoq va sho’ralar; Kaspiy dengi- zi sohillarida sho’ra va galofit o’tlar o’sadi. Hayvonlardan sayg’oq, bo’ri, tulki, kemiruvchilardan yumronqoziq, qo’shoyoq, qushlardan tu-valoq, qizg’aldoq uchraydi. M. v. neft va gaz konlariga boy, asosiy markazlari — Uzen va Jeti- boy neft konlari. Oziq-ovqat ayniqsa baliq sanoati rivojlangan. Oqtov sh.da go’sht k-ti, sut, kimyo, temir-beton kon- struktsiyalar z-dlari, qurilishda ishla- tiladigan chig’anoqtosh koni, suvni chu- chuklashtirish qurilmasiga ega bo’lgan issiqlik va atom elektr st-yalari, Bauti- no posyolkasida baliq ovlash kemalarini ta’mirlash z-Di, Eralievo shaharchasida tikuvchilik f-kasi bor. Q. x.ning asosi – ni go’sht-junga ixtisoslashgan qo’ychilik, tuyachilik va yilqichilik tashkil etadi. Bu erda chorva mollari deyarli yil bo’yi yaylovlarda boqiladi. Dehqonchilik suet rivojlangan. Makat — Oqtov—Uzen va Beynov—Qung’irot t. y. Mang’ishloq ne- ftini va O’rta Osiyo paxtasini boshqa mamlakatlarga chiqarish imkonini be- radi. Viloyatni Aterov, Astraxon va Turkmanboshi sh.lari b-n bog’laydigan dengiz yo’lovchilar tashish transporti ham ishlaydi. Havo transporti viloyat markazi Oqtovni Olmaota, Aterov va Moskva b-n bog’laydi.