Mirzaqultepa
Mirzaqultepa — ilk Kushonlar davriga oid qo’rg’on xarobasi (mil. AV. 1-a. oxiri — mil. 1-a. boshi). Termiz sh. aeroporti hududida, qad. Termiz sh.ni suv b-n ta’minlovchi Surxondaryodan chiqarilgan kanalning o’rta oqimida joy- lashgan. Yodgorlikning kvadrat shaklda saqlanib qolgan qismi 1 ga mayd.ni egal- lab, bal. 3 m ni tashkil qiladi. 1973-76 va 1974-80 y.larda O’zbekiston FA Ar- xeologiya in-tining Baqtriya Ekspedisi- yasi (Sh. Pidaev) tomonidan M.ning Jan. qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. 2 me’moriy bosqich qayd etilgan. Qazishma ishlari yuqori me’- moriy bosqich sathida olib borilgan va qo’rg’onning mudofaa devorlari va yuzga yaqin turli hajmdagi to’g’ri to’rtburchak va kvadrat shakldagi xonalar, ko’cha va yo’laklar ochib o’rganilgan. Qo’rg’on va uy devorlari kvadrat shakldagi xom g’ishtdan qurilgan va bular o’zlarining simmetrik ko’rinishlari b-n ajralib turadi. Har bir uy 3-5 xonadan iborat. Don mahsulotlarini xumlarda saklaydi- gan maxsus omborxonalar ochilgan. M.dan yuqori si-fatli sopol idishlar, temir va jezdan tayyorlangan ko’zgu, paykonlar, pichoq va o’roqlar, tosh yorg’uchoqlar, tegir- montoshlar, ur-chuqlar, bezak bu-yumlar, suyakdan ishlangan tugmalar, erkak va ayol ma’budlarning terrakota haykalchalari, aholi tomonidan ilohiylashtirilgan Su- voriy, xo’kiz, fil, maymun, yo’lbars kabi- larning haykalchalari, sopolga bitilgan baqtr yozuvi va Yunon-Baqtriya podshosi Geliokl tangalariga taklid qilib zarb qilingan jez tangalar va b. topilgan. Aholi, asosan, de-hqonchilik b-n mashg’ul bo’lgan. Mil. 2-a.da M. xarobalarida bir necha qabr paydo bo’lgan. M.dan 300-350 m shim.-Sharqda qabriston joylashgan, unda 10 ga yaqin qabrlar saqlanib qolgan. Ad.: Pidaev Sh. R., Mirzakultepa — pamyatnik rannekushanskogo vremeni Severnoy Baktrii. Baktriyskie drev- nosti, L., 1976; Pidaev Sh.R., Poseleniya ku-shanskogo vremeni Severnoy Baktrii, T., 1978. Shokirjon Pidaev.