Miokard infarkti

Miokard infarkti – yurak tomir kasalligi; koronar qon aylani- shining buzilishi (arteriyalar atero- sklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil bo’ladi. M.i.ning rivojlanishiga gipertoniya ka- salligi, kandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jis- Moniy va ruhiy zo’riqish sabab bo’ladi. Juda ko’p hollarda M.i. stenokardiya zaminida ro’y beradi. M.i.ning asosiy belgilaridan biri yurak muskulining ma’lum bir qismiga birdan kam qon bo- rishi natijasida shu joyda kislorod va oziq moddalar mikdorining kamayib ke- tishi tufayli ko’krak sohasida uzoq mud- datli qattiq og’riq paydo bo’lishidir. Asosan, ko’krak qafasining markazi (to’sh orqasi) yoki chap yarmida achchiq (kuydiruv- chi), qisuvchi davomli og’riq tutadi va u ko’pincha yuqoriga, o’ngga, chap qo’lga yoki ikkala qo’lga, orqaga, pastki jag’sohasiga tarqaladi. Og’riq bir necha soat, ba’zan hatto bir sutka davom etadi, bo’shashish, muzdek ter bosishi, o’lim vahimasi, hansirash, yurak faoliyatining buzili- shi, qonda va elektrokardiogramma (EKG) da o’zgarishlar ro’y beradi. Og’riq xuruj- lari b-n kechadigan boshqa kasalliklarda xam EKG da o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Shuning uchun faqat vrach bemorni tekshi- rib natijalarini taxlil qilib, xulosa chiqarishi kerak. M.i., ko’pincha, yurak ishemik kasalligining zo’rayish davrida yuz beradi, bunda stenokardiya xurujlari kuchayib va tez-tez takrorlanib turadi. Buni infarkt oldi davri deyilib, bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi. Shu davrda darhol vrachga muroja- at etilsa, M.i.ning oldini olib qolish mumkin. To’sh ostida qattiq og’riq paydo bo’lganda nitrogliserin naf bermasa, zudlik b-n tez tibbiy yordamni chaqirish zarur. M.i.da nitrogliserin og’riqni oxirigacha qoldirmasada, uni qayta qabul qilib turish lozim. Yurak sohasiga, to’sh ustiga gorchichnik, oyoqqa grelka qo’yish, qo’lni isitish b-n bemor ahvolini bir oz bulsada engillashtirish mumkin. Be- morni iloji boricha tezroq kasalxona- ga yotqizish, dastlabki kunlari tibbiyot xodimlari uni uzluksiz nazorat qilib turishlari lozim. Kasallik juda og’ir, hayot uchun xavfli hisoblansa ham, o’z vaqtida to’g’ri davo qilinsa, bemor bu- tunlay sog’ayib ketishi mumkin.