Mingtepa
Mingtepa — ko’hna shahar xaro- basi (mil. AV. 3 — mil. 5-a.). Andijon viloyati, marhamat tumani markaziga tutashib ketgan yodgorlik. Xitoy yozma manbalaridagi Ershi sh. b-n aynan deb taxmin etiladi. 1940-50 y.larda A. N. Bernshtam, Yu. A. Zadneprovskiy, key- inchalik (90-y.larda) O’zbekiston FA Arxeologiya in-tining Fargona otryadi (B. Matboboev) arxeologik tekshirish ishlari olib borgan. M. ichki va tashki shahardan iborat bo’lib, mustahkam mudo- FAA devorlari b-n o’rab olingan. Hozir faqat ichki shaharni (38 ga) to’rt tomon- dan qurshagan mudofaa devori saqlanib qolgan. M.dagi tepaliklar soni 52 ta. Ichki shaharning shim.-G’arb tomonidagi Markaziy tepalikning madaniy qatlami 10 m dan ortiq. Eng quyi qatlam mil. AV. 3-2-a.larga oid. Tepalikdan 5 m qalinlikdagi platforma (tagkursi) ustida qurilgan inshoot qoldiqlari chiqqan. Mutaxassislar fikricha, bu te- palik shahar arki bo’lgan. M. mudofaa devorining har 38-40 m masofasida kuzatuv minorasi o’rnatilib, uning uz. 18 m, eni 9 m, bal. 3-4 m ga etgan. Mi- Nora o’rtasida shinaklar b-n ta’min- langan xona joylashib, unda sokchilar yashagan. Burjlarni o’zaro tutashtirib turgan mudofaa devorining qalinligi quyi qismida 7 m, yuqorida 4 m, bal. 4 m ga etgan. Devor va burj, asosan, yaxshi pishirilgan paxsa va xom g’ishtlardan ti – klangan. Devor tashqarisida xandaqlar qazilgan. Qadimda M. o’rnida bo’lgan Ershi sh.ni xitoyliklar bir necha marta qamal qilib, ishg’ol eta olmaganlar (q. Ershi mudo-faasi). Ad.: Bernshtam A. N., Istoriko-ar- xeologicheskie ocherki Tyan-Shana i Pa- miro-Alaya, M.— L., 1952; O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Boqijon Matboboev.