Me’morlik orderlari

Me’morlik orderlari (lot. ordo, Frans. ordre — tartib) — ustun va to’sinlardan iborat qurilmalarda tur- li qismlarning o’zaro muvofiq bo’lishi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. M. o.ga xos belgilar qad. Sharq me’morli- gida bor bo’lsa ham, lekin ular muayyan va o’zgarmas tartibqonun asosida yunon me’morligida (mil. AV. 5-a.dan boshlab) tatbiq va tartib etila boshladi. Mum- toz orderlarning nomi Yunonistondati mahalliy qabila va manzillar nomidan olingan. M. o. ustun tanasi (kolonna), boshasi (kapitel) va poyustun — kursi (baza)dan tashkil topadi. To’sin qismi ustma-ust joylashgan arxitrav (bosh ustun), Friz va karnizdan iborat bo’lib, ular birgalikda antablementni tashkil etadi. Doriy orderi nisbatan sodda, Le- kin kuch-qudrat ramzi hisoblanadi. Eng etuk namunalarini Afina Akro-po- lidagi mashhur Parfenon va Propilei ehromlarida ko’rish mumkin. Qad. nus- xasi esa Pestum (kichik Osiyoning qad. shahri)dagi Poseydon ehromi xarobala- rida saqlangan. Doriy orderining ustun tanasi tepaga torayib boradi. Kapitel ham sodda bo’lib, u kvadrat taxtacha (abak) va og’irlikni bir maromda ushlab turuv- chi yumaloq yostiqcha (exin)dan iborat. Abakning ustiga to’sin yog’ochi — arxitrav qo’yiladi. Frizning sal bo’rtib chiqqan qismi (triglif) va uning orasidagi kvadrat taxtacha (Meton)lar b-n to’g’ri burchaklar- ga bo’lingan. Ioniy orderi nazokat ramzi hisoblanadi. Mumtoz namunalari Afina Akropolidagi Erexteyon, Nika Apteros ehromlari va Propilei (darvoza)da ish- latilgan. Orderning bazasi murakkab, tanasi esa kannelyura (novsimon) shak- lda, kapitel — Qo’chqor shoxidek ikki tarafga burilgan volyutalar va ular ora- sidagi tuxumsimon ioniklardan tashkil topgan. Arxitrav frizi tekis bo’lib, ba’zan unga relef ham ishlanadi. Kar- niz qismida qator tishchalar bor. Korinf orderi birinchi marta Yuno- nistondagi Apollon ehromi bassa (qad. shahar)da qo’llangan. Mumtoz namunalari esa mil. AV. 4-a.da qurilgan Lisikrat, Shamol burji kabi bi-nolarda joriy etilgan. Bu order ioniy va doriy order- laridan ancha keyin shakllangan bo’lib, ulardan barcha nozik sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan. Bular chukur savat shaklidagi kapiteli va karniz ostida- gi medalonlari b-n ajralib turadi. M. o. orasida Korinf orderi eng nafis va chiroylisi hisoblanib, odatda, savat ko’targan sarvqomat qizga o’xshatiladi. Qad. davrda tashkil topgan M. o. Beji- Rim tuzilgan bo’lib, me’morlar ularni deyarli o’zgartirmay foydalanmoqdalar. Kad. Misr orderlari tizimi o’simlik dunyosi — papirus, Lotos va palma darax- ti shakliga xos uslublashtirilgan, ustun tanasi dumaloq (aylana), ba’zan 8 va 16 qirrali shaklda, kapiteli g’uncha yoki ochi- layotgan gul shaklida ishlangan. M. o. tur- li tarixiy davrlarda me’mor nazariyot- chi (Brunelleski, Alberti, Palladio va b.)lar ijodida katta qiziqish uyg’otgan. Vitruviy doriy orderini erkak tanasi go’zalligiga va mustahkam qo’rg’onga, io- niy orderini esa nazokatli ayol tanasiga qiyoslagan. O’rta Osiyoda M. o. Kushon me’morli- gida (Baqtriya, yangi Nisa ibodatxonala- ri qurilishida), Axomaniylar davrida Xorazmda qo’llanilgani ma’lum. 20-a. boshlarida A. Boboxonov, A. Petrosov, L. Karash, V. Dmitriev kabi me’morlar ijodida tektonik orderlar bezaklar bilan boyitilgan: Toshkentda- gi S. Rahimov nomli kinoteatr (1952), Chirchikdagi kimyogarlar (1956) va Beko- boddagi metallurglar (1950— 60) mada- niyat saroylarining bosh tarzi va b. Po’lat Zohidov.