Margimush

Margimush ( fors, Marg — ulim, mush — sichqon), mishyak (Arse-nicum), As — Mendeleev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tar- tib raqami 33, at. m. 74,9216. Tabiiy M. bitta barqaror izotop 75As dan iborat. Sun’iy radioaktiv izotoplardan 73As, 74As, 76As muhim. M.ni ilk bor kim AJ- ratib olgani noma’lum. 1789 y.da M.ni A. Lavuaze element deb aytgan. M. massa jihatdan er po’stining 1,7-10-4 % ini tashkil qiladi. Daryo suvida 3-10^7%, dengiz suvida 6,6-10^4% M. bo’ladi. Tarqoq element, lekin tabiatda 160 dan ortiq minerallari uchraydi. M. kolcheda- ni (arsenopirit) FeAsS, M.li kolchedan (lellingit) FeAs2, realgar As4S4, au- ri-pigment As2S3 ko’p tarqalgan bo’lib, sanoat ahamiyatiga ega. Sof M. to’q kul- rang kristall modda, mo’rt metall kabi yaltiraydi. Havoda oksidlanib, qorayadi. Issiklikni va elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Zichligi 5,72 g/sm3. Kristall holatdagi M.dan tashqari, amorf M. ham bo’ladi. Qizdirilganda (615°da) M.ning ikkala turi ham suyuqlanmay bug’ga ayla- nadi. M. birikmalarida 3 va 5 valentli. Suvda erimaydi. Havoda yonganda oksid- lanib, arsenit angidrid As,O3 hosil qiladi. As2O3 tabiatda ar-senolit mi- nerali holida uchraydi. Suyuklanish t-rasi 314°, zichligi 4,15 g/sm3. Suvda oz eriydi. Sof M. va uning birikmalarini olishda, optik shisha i.ch.da, tibbiyotda va q.x. zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. M.ning 5 valentli oksidi arsenat angidrid As2O5 ham mavjud. Zichligi 4,1 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. M. galogenlar va oltingugurt b-n, yuqori t-Rada ko’pgina elementlar b-n bevosi- ta birikadi. Metallar b-n qotishmalar hosil qiladi. Ularga suyultirilgan kis- lota ta’sir ettirib, sarimsoq hidi ke- ladigan zaharli gaz — vodorod arsenid olish mumkin. Nitrat kislota va zar suvi M.ni oksidlab, arsenat kislota H3AsO4 hosil qiladi. Arsenat kislota — suvda oson eriydigan qattiq modda. Tuzlari arsenatlar deyiladi. Ar-senit kislota H,AsO3 erkin holda olingan emas, fakat suvdagi eritmasi ma’lum. Uning Tuzla- ri — arsenitlar deb ataladi. M. As2O3 ni kumir b-n qaytarish orqali olinadi: As2O3+ +3C->2As+3COt. Birikmalari juda zaqarli bo’lgani uchun ishlatgan- da niho-yatda ehtiyot bo’lish lozim. M. qotishmalar olishda, M. birikmalari esa shisha i.ch.da, teri (ko’n), mo’ynani uzoq asrashda va M. preparatlari olish- da ishlatiladi. Tuproqda 4-10^4%, o’simlik kulida 3-10~5% M. bor. Dengiz hayvonlari organizmida quruqlikdagi hayvonlardagiga qaraganda M. ko’p bo’ladi. Odam tanasida 0,08—0,2 mg/kg M. bor. M. preparatlari tibbiyotda tur- li kasalliklarni davolashda qo’llanadi.