Marjon riflari

Marjon riflari, marjon qurilmalari — to’da-to’da bo’lib yashay- digan marjonlarning ohakka aylangan skeletlardan tashkil topgan suv osti qoyalari. Marjon qurilmalar to’rt tur- ga ajratiladi: qirg’oq riflari, barer (fob, to’siq) riflari, atollar va Laguna ichi M.r. Ularning normal rivojlanishi uchun: 1) dengiz suvi t-rasi yuqori (kami- da 20°) bo’lishi; 2) suv sayoz (o’rtacha chuq. 40-50 m gacha); 3) sho’rlik normal (35%o cha) va toza; 4) dengiz tubi qoyadan iborat bo’lishi kerak. M. r. juda katta va qalin bo’lishi mumkin. 1500 m balandlikda bo’lgan M.r. b-n birga (zond arxipelagi) zamini suv satxidan 1200 m chuqurlikda turgan Mar- jon qurilmalari ham bor (Marshall o.lari atrofi). Ko’pchilik hollarda Mar- jon qurilmalari tarkibida neft va gaz- ga boy konlar bo’ladi. Hoz. zamon marjon qurilmalarining fasial sharoitlari- ni, ularning ma’lum tektonik zonalarga to’g’rilanishini o’rganish neft qidiruv geol.si uchun katta ahamiyatga egadir.