Mariy tili

Mariy tili — fin-ugor tilla- ridan biri. Rossiya Federasiyasining Mariy El, Tatariston, Udmurtiston, Boshqirdiston respublikalarida va bir qator Volgabo’yi viloyatlarida tarqalgan, 600 mingdan ortiq kishi so’zlashadi. Bir qancha: o’tloqzor (Lugovoy), tog’liq (gor- niy), Sharqiy, shim.-g’arbiy laxjalari va 2 xil adabiy tili (o’tloqzor Sharqiy va tog’liqmariy) mavjud. M.t.ning har ikkala adabiy shakli 19-a.dan boshlab rus alifbosi asosidagi yozuvga, o’z imlo qoidalariga ega. M.t. 8-a.dan turkiy til- lar, 13-a.dan rus tili ta’sirida rivoj- langan bo’lsada, fin-ugor tillariga xos belgilarni saqlab qolgan. Lahjalarida turli xil unlilar juftligi (a—a, o— o va b.), binobarin, singarmonizm kuzati- ladi. Otlarda ko’plikni ifodalovchi bir qancha ko’rsatkichlar bor. Fe’llar 2 xil tuslanadi, hoz.-kelasi va 6 ta o’tgan za- mon shakllariga, istak va buyruq maylla- ri shakllariga ega. So’z yasalishi suffik- sasiya va so’z ko’shish usullarida amalga oshadi. M.t. haqidagi dastlabki ma’lu- motlar 18-a.ga ta-allukli, dastlabki grammatikasi 1755 y.da yaratilgan.