Maltoza

Maltoza (ing. malt — solod), so- Lod qandi — tabiiy disaxarid; glyukoza- nit ikki qoldig’idan iborat. Undirilgan arpa, javdar va b. donlarda ko’p. Pomi- dorda, bir qancha o’simliklarning changi va gul shirasida xam topilgan. Suvda yaxshi eriydi, ta’mi shirin. Hayvon va o’simliklar organizmida kraxmal va glikogenning ferment ta’sirida parcha- lanishidan hosil bo’ladi. a-glyukozidaza yoki maltaza fermenti ta’sirida M. glkjozaning ikki qoldig’igacha parchala- nadi. Bu ferment odam va hayvonning hazm shirasida, undirilgan don, mog’or zamburug’lari, achitqilarda bo’ladi. Odam ichagining shilliq pardasida maltaza bo’lmasa, kishi M.ni ko’tara olmaslikdek og’ir irsiy kasallikka yo’liqadi. Bunda bemorga M., kraxmal va glikogensiz yoki maltaza fermenti qo’shilgan ovqat beri- ladi.