Muvashshah
Muvashshah – Andalusiya (Arab Ispaniyasi) madaniyatida 8-10-a.larda shakllangan aytim-cholg’u turkum janri. Keyinchalik, 11 —13-a.larda M. Shimo- liy Afrika va yaqin Sharq madaniyati- da keng tarqalib, Arab musiqasining mumtoz shakliy-andozaviy turiga ay- landi. Zamonaviy Arab musiqasida «M. al-Andalusiya», «M. almisriya», «M. alhalabiya» (Halab, Suriya) va boshqa M. turlari, ijroviy uslublari mavjud. M. mashhur Arab xonandasi u mm kul sum ijodida asosiy o’rin egallab, eng mu- kammal musiqiy aytim-cholg’u janr dara- jasida tan olindi. M. «davr» (cholg’u ki- rish qismi), «xona», «qasida», «qafla» (aytim qismlari), «qita», «silsila» (aytim — cholg’u oraliq va yakunlovchi qismlar) kabi tarkibiy bo’limlardan iborat. Ad.: Eolyan I. Tradisionnaya muzika arabskogo Vostoka, M., 1990. Abdumannon Nazarov.