«Mulkdor»

«Mulkdor» — haftalik iqtisodiy gazeta. 1994 y. 31 avg.da «Yog’du» nomi b-n chiqa boshlagan. 1995 y. 21 yanv.dan qozirgi nomda. Muassis- lari: O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlik- ni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi, Ko’chmas mulk birjasi va «matbuot tarqatuvchi» AK-tsiyadorlik kompaniyasi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi iqtisodiy islohotlarning borishi, kichik va o’rta biznesning fao- liyati, ishbilarmonlar, dehqon va Fer- merlarning ilg’or tajribalari keng yori- tiladi. Bevosita kichik va o’rta biznes tuzilmalariga oid xuquqiy-normativ hujjatlar, jahon iqtisodiyotiga doir ma’lumotlar, mahsulotlar va xizmatlar reklamasi, xorij iqtisodiy yangili- klari, turli mavzulardagi ilmiy-om- mabop maqolalar e’lon qilinadi. Gaz. ning «tadbirkor va huquq», «mulkdor — sport» kabi ilovanashrlari bor. Gaz. 16 sahifa (A-3 bichim)da bosiladi. Ada- Di 3,5 ming nusxa (2003). Bosh muharriri M.A.Abdurahmonov.