Muzqaymoq, morojenoe

Muzqaymoq, morojenoe — tuxumqaymoq yoki turli mevalardan tay-yorlanadigan yaxna shirinlik. M. uchun dastlab asosiy masalliq birik- masini tayyorlash va birikmani muzla- tish jarayoni talab etiladi. Qaymoqli M. uchun tuxum yoki tuxum sarig’i shaker b-n qorishtirib iylanadi, shakari eri- gach, issiq sut quyiladi va chil-cho’p b-n beto’xtov aylantirib turiladi. Idish- da yaxshi aralashgan quyuq massa hosil bo’ladi. Unga vanilin qo’shiladi, so’ngra qolip idishlarga quyilib, sovitib, muz- latiladi. 1 kg M. olish uchun masalliqlar (g hisobida): sut 600, qaymoq 75, shaker 250, vanilin 0,1, tuxum 3 dona. Meva- li M. uchun meva kaynatib pishiriladi, so’ngra sim elakdan o’tkazilib, pyure tayyorlanadi. Qaynoq suvda shakar eri- tiladi. Masalliklar sovigach, pyure b-n qiyom aralashtiriladi va qoliplarga so- lib muzlatiladi. 1 kg M. uchun 200 g meva (qulupnay, mandarin va b.), 325 g shakar, 1 g limon kislotasi kerak bo’ladi.