MOSKVA BADIIY AKADEMIK TEATRI

MOSKVA BADIIY AKADEMIK TEATRI (MXAT), M. Gorkiy nomida- gi Moskva badiiy akademik teatri — 1898 y. K. S. Stanislavskiy va Vl. I. Nemirovich-Danchenko tomonidan tash- kil etilgan. 1901 y.ga qadar Moskva Badiiyhammabop teatr deb yuritilgan, 1932 y.dan M. Gorkiy nomida. Teatr re- pertuari, aktyorlik san’ati, rejissurada isloh amalga oshirildi. A. Chexov («Chay- ka» va b.) va M. Gorkiy («tubanlikda» va b.)larning pesalarini sahnalashtirish teatrning ijodiy yo’nalishini belgilab berdi. Keyinchalik M. Bulgakov («Tur- binlar kuni» va b.), Vs. Ivanov («Brone- poezd 14-69») pesalari ham qo’yildi. A. N. Ostrovskiyning «qaynoq qalb», L. Tolstoyning «Yak-shanba», «Anna Karenina» kabi mumtoz asarlarining qo’yilishida ijtimoiy chuqur tahlilga erishildi. M. F. Andreeva, A. R. Artyom, O. L. Knipper-Chexova, M. P. Lilina, V. E. Meyerxold, I. M. Moskvinlar teat- rning birinchi aktyorlari. 1987 y.dan teatr ikkiga bo’lingan: o. Tabakov rahbarligidagi 1989 y.dan Chexov nomi- da, T. V. Doronina rahbarligidagi M. Gorkiy nomida. «Olchazor» (A. Chexov), «Makbet» (U. Shekspir) va b. so’nggi yil- lar spektakllaridir. L. Gubanov, G. Ka- linovskaya, V. Rassvetaev, K. Rostovtseva, G. Shevsov etakchi aktyorlardir. «Moskva xori» (L. Petrushevskaya), «kutilgan uch- rashuv» (P. Bars), «uch opasingillar» (A. Chexov) kabi spektakllar A. Chexov nomi- dagi teatrda sahnalashtirilgan. Aktyor- lari: I. Smoktunovskiy, S. Pilyavskaya, I. Miroshnichenko, A. Kalyagin, V. Ne- vinniy, I. Savvina va b. O’zbekistonning ko’pgina aktyor va rej.lari Mxatda o’z malakalarini oshirib kelganlar.