Moem (Maughem) Uilyam Somerset

Moem (Maughem) Uilyam Somerset (1874.25.1, Parij – 1965.16.12, Sen- Jankap-Ferra, Frantsiya) — ingliz yozuvchisi. Frantsiyadagi Britaniya elchi- xonasida xizmat qilgan. Geydelberg untida, keyin Londondagi tibbiyot in- tida tahsil ko’rgan. M.ning shu yillar- da kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan «Lambetlik Liza» (1897) Roma- ni mashhur. Shundan keyin M. vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik b-n shug’ullangan. U asosan Frantsiyaning Jan. Tomonlarida yashab, 60 y.lik adabiy faoliyati davomida ko’plab roman, hikoya, pesa, adabiytanqidiy etyud va memuar asarlar yozgan. M. 1jahon urushi yillarida Brita- niya razvedkasining xodimi sifatida bir qancha mamlakatlar, shu jumladan, Rossi- yada ham bo’lgan va «Eshenden yoki Brita- niya agenti» (1928) hiko-yalar to’plamida shu haqda nakl qiladi. M. 1-pesasi — «Ledi Frederik» (1907) ning katta muvaffaqiyat qozonganidan rag’batlanib, «Noma’lumlik» (1920), «sadoqatli xiz- mati uchun» (1932) va «Sheppi» (1933) pesalarini yozgan. M. pesalarida 20-a. ning 1-yarmidagi ingliz jamiyati hayoti manzaralari aks etgan. «Oy va choychaqa» (1919), «Shirin kulcha va pivo» (1930), «Teatr» (1937) va b. asarlar muallifi. M.ning «insoniy ehtiroslar zalvori» (1915) avtobiografiy romani, ayniqsa, mashhur bo’lib, unda roman qahramoni — yosh yigit va u b-n to’qnashgan kishi- lar talqinidagi nozik psixologizm hayot manzaralarining keng tasviri b-n tutashgan holda asarga o’zgacha badiiy la- tofat bag’ishlagan. «Notanish odam Pa- rijda» romani o’zbek tiliga tarjima qilingan (2002).