«Mohiyat»

«Mohiyat» — Toshkentda haftada bir marta nashr etiladigan ijtimo- iysiyosiy yo’nalishdagi gaz. 2000 y. 25 iyuldan chiqa boshlagan. Muassisi — «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi. Gaz.ning asosiy maqsad va vazi-falari mamlakatimizda hamda xo- rijda ro’y berayotgan siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar haqida xolisona ma’lumotlar tarqatish, yurtimizda amal- ga oshirilayotgan iqtisodiy islo-hotlar to’g’risida axborot berishni takomillash- tirish, Markaziy Osiyo va, umuman, dunyo miqyosidagi iqtisodiy hamkorlikni keng yoritish, O’zbekiston Respublikasining axborot tizimini rivojlantirishga hissa qo’shishdan iborat.