Moshaklar

Moshaklar (Calidris) – balchiqchilar turkumiga mansub qushlarning bir urug’i. M. barmoqlarining orasida suzgich parda bo’lmasligi b-n boshqa balchiqchilardan farq qiladi. Shim. yarim sharda keng tarqalgan. Dengiz, dare va ko’l qirg’oqdariga uya yasaydi. 3-4 ta tuxum qo’yadi. Qishlash uchun kuzda Afri- kaga uchib ketadi. O’zbekistonda M.ning qiziltomoq, qoratomoq, oqdum turlari uchraydi. M. hasharotlar va ularning li- chinkalari, mollyuskalar, chuvalchanglar b-n oziklanadi. Go’shti uchun ovlanadi.