Motosikl

Motosikl (Moto… va Yun. Syklos — doyra, g’ildirak) — ichki yonuv dvigateli b-n ta’minlangan 2 yoki 3 g’ildirakli transport vositasi. Ichki yonuv dvigateli o’rnatilgan birinchi M.ni nemis ixtirochisi g. Daymler 1885 y. yasagan. Transport, sport va maxsus (o’t o’chirish, sanitariya, harbiy va b.) M.lar bor. Asosiy qismlari: dvigatel, kuch uzatmasi (transmissiya), yurish qismi, elektr jihozlari tizimi, rul boshkar- masi, tormoz tizimi. M.ga 2 yoki 4 takt- li karbyuratorli dvigatel o’rnatiladi. Dvigatel tabiiy havo oqimi b-n (ba’- zi M.lar, mas, sport M.larida suyuklik b-n) sovitiladi. Transport M.lariga o’rnatiladigan 2 taktli dvigatelning litr quvvati 51,5— 98,2 kVt/l (70-130 o. k./l), 4 taktli dvigatelniki 37 — 66 kVt/l (50-90 o. k./l), sport M.lariniki 146-220 kVt/l (200-300 o. k./l). Trans- port M.larining tezligi 215 km/soat gacha, sport M.lariniki — 300 km/ soat- gacha (rekord — 513 km/soat, 1978) etadi.