Koktsidioz, eymerioz

Koktsidioz, eymerioz — sut Emi- zuvchilar, qushlar, baliqlar, shuningdek, odamda koktsidiyalar qo’zg’atadigan inva- Zion kasallik. Bu kasallikni qoramol, qo’y, echki, quyon va uy parrandalari (tovuq, kurka, o’rdak, g’oz)da bir xo’jayinda rivojla- nadigan Eimeria avlodiga mansub kok- tsidiyalar qo’zg’atadi. Parrandachilikda va quyonchilikda kasallik oqibatida yosh hayvonlarning yoppasiga o’lib ke- tishi katta iqtisodiy zarar etkazadi. K. b-n, asosan, yosh hayvonlar oosista- lar b-n ifloslangan em-xashak, suv, sut mahsulotlarining alimentar yo’l orqali zararlanishidan kasallaniladi. Hayvonlarni g’uj joylashtirish, bino- larning zax bo’lishi koktsidiyalar uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon K.i odamga yukmaydi. Kasallik O’zbekistonning barcha hududlarida uch- raydi. Kasallik, odatda, o’tkir turda kechadi, kuchsiz, takroriy zararlanishda surunka- li kechishi mumkin. Yashirin davri 3-4 kundan 2-haftagacha cho’ziladi. Hayvon holsizlanadi, ishtahasi yo’qoladi, tez oriqlaydi, shilimshiq va tez-tez qon aralash ichi ketadi, og’ir hollarda tezda o’ladi. Kasallangan hayvonni sog’ayishi cho’ziladi, ichakda paydo bo’lgan oosista- lar axlat b-n tashqariga chiqib, tashqi muhitni ifloslantiradi. Tashhis xo’jalikdagi epizootik holatga, klinik belgilar, patologoanatomik o’zgarishlar, axlat va ichki organlarni mikroskopik tekshirish natijasiga qarab qo’yiladi. Davolash: kasal hayvon alohida ajra- tiladi. Parrandalar, buzoq va qo’zilarga koktsidiostatik preparatlar (dekoks, xoyden, amprolium va b.), tetrasiklin qatori antibiotiklar, quyonlarga mono- Misin b-n sulfanilamidlar, levomisi- tin, osarsol beriladi. Oldini olish: tashqi muhitdagi oosistalarni dezinfektsiya qilish, hayvonlarni to’g’ri asrash va to’laqonli ozuqa b-n boqish, ozuqaga antikoktsidli preparatlar qo’shib berish. Veterinariya- sanitariya hamda zoogigiena qoidalariga rioya qilish.