Klassik siyosiy iqtisod maktablari

Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy ta’li- motlar tarixida 17-19-a.larda vujudga kelgan yo’nalishlar. K.s.i.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlab- ki tizimli o’rganish qo’llanilgan nazari- yalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuza- ga kelishiga 17-a. oxiri—18-a. davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlar- ning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki bo’ldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari o’z asarlari- da hozirgi bo-zor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni o’rganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi il- miy qoidalar hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapi- talizmni i.ch.ningabadiy va tabiiy shak- li, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar. Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mum- kin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va frantsuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646-1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm ta’limotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat na- zariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va o’lchovi Tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat mikdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, i.ch. sohasida yaratilishi ko’rsatiladi. Bu bosqich 18- a. o’rtalari va 2-yarmida frantsiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm b-n yakunlana- Di (q. Fizi-okratlar). 2-bosqichni in- gliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar, 3-bosqichni 19-a.ning 1-yarmida yashagan frantsuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Ri- kardo, T. Maltus, N. Senior, Ameri- Kalik g. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. K.s.i.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi. A. Smitning asosiy g’oyalari «yo’l bering, o’tsinlar, yo’l bering, bajarsin- lar» (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan bo’lib, u «ko’rinmas qo’l» nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuri- tishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik ja – dallashadi. Smit iqtisodiy faoliyat- ga to’siq bo’luvchi asosiy kuch bu — dav- lat, deb hisoblaydi. Smitning Liberal qarashlari Evropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va o’sha davr hukumatlari tomonidan Liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos bo’lgan. D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini o’nga sarflangan mehnat xarajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik i.ch.ning asosi- da qiymat qonuni yotishini ta’kidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qono’nga bog’lab o’rganadi. Frantsuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767-1832) g’oyalarida iqtisodiyotdagi to’la erkinlik sharoitidagina i.ch. omillari (mehnat, kapital va er)dan eng samarali foydalanish mumkinli- gi va sinflar o’rtasidagi munosabatlar uyg’unlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni» — «bozor qonuni» yoki «sotish nazariyasi» hisoblanadi. Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766-1834) iqtisodiy o’sish va aholi ko’payishi o’rtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishgauringan. Iqtisodiy liberalizm kontsepsiyasi tan olingan holda aholi o’sishi va moddiy ne’matlar (tirikchilik vositalari) yara- tilishi o’rtasida katta farq bor, aholi «geometrik», ne’matlar «arifmetik» progressiyalarda o’sadi, degan «nufus nazariyasi» ilgari suriladi. Klassik maktab g’oyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790-1864), frantsuz F. Ba- Stia (1801 — 1850), amerikalik g. Keri (1793-1879) katta hissa qo’shdilar. Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806-73) klassik maktabning so’nggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo g’oyalarini rivojlantirdi, 1-o’ringa «i.ch. qonunlari»ni qo’ydi, bu masalani «taqsimot qonunlari»ga qarama-qarshi deb bildi. 19-a. oxirlarida klassik siyo- siy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy g’oyalar paydo bo’la boshladi, klassik maktabning bir qancha qonun- qoidalari yangi sharoitlarga moslashti- rilgan holda neoklassik qarashlarda o’z aksini topdi (q. Neoklassik iqtisodiy nazariya). Ad.: Razzoqov A. va b., Iqtisodiy ta’- limotlartarixi, T., 1997; Mayburd E. I., Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; Yadgarov Ya. S, Istoriya ekonomicheskix ucheniy, M., 1999. Abduxalil Razzoqov, Ne’mat Xolma- tov.