KICHIK VA O’RTA BIZNES
KICHIK VA O’RTA BIZNES – mustaqil mulk egaligiga, xo’jalik fao- liyatini mustaqil tashkil etishga asos- langan va o’z tarmog’ida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakat- larda K. va o’.b. sub’ektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band bo’lgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktiv- lar, kapitallar, foyda mikdori va b. ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Mas, AQShda ko’pgina tarmoqlarda ishlovchi- lar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ish- laydigan korxonalar kichik biznesga ki- ritiladi. O’zbekiston K. va o’.b. sub’ektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qat’i nazar, yiliga sano- at korxonalarida o’rta hisobda 10 nafar- gacha, savdo, xizmat ko’rsatish va b. i.ch.dan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish b-n band xodimga ega bo’lgan mikrofirma- lar; i.ch. sohasida yiliga o’rta hisobda 40 nafargacha, qurilish, q.x. va boshqa i.ch. sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, chakana savdo hamda boshqa i.ch.dan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish b-n band xodimga ega bo’lgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin i.ch. sohasida 100 nafar- dan, qurilishda 50 nafardan, q.x. va b. i.ch. sohalarida, ulgurji savdoda 30 na- Fardan, chakana savdo, xizmat ko’rsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alar- da 20 nafardan oshmaydigan ish b-n band xodimga ega bo’lgan korxonalar o’rta biz- nes korxonalari qisoblanadi. K. va u.b. rivojlangan va rivojlana- yotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. K. va o’.b. sharoitga tez moslashuvchanlik b-n ajralib tura- Di, uning faoliyatini yo’lga qo’yish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. K. va o’.b. yirik biznes uchun qulay bo’lmagan sohalarda avj oladi. K. va o’.b. kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydala- nish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, o’rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bo- zorni iste’mol tovarlari b-n to’ldirishda muayyan afzalliklar- ga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka ega- lik qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik ko’nikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vo- sitasi hisoblanadi. O’zbekistonda K. va o’.b. tarixiy ildizga ega. Bu erda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. To’qimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy san’at, ganchkorlik, temirchi- lik, o’ymakorlik b-n shug’ulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va do’konlar ko’p bo’lgan. O’zbekistonda mavjud K. va o’.b. korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatla- ri ko’rsatish, ilmiy, texnikaviy ax- borot xizmati sohalarida, q.x.da FA- oliyat ko’rsatadi. K. va o’.b.ni qo’llab- quvvatlashga xizmat qiladigan sug’urta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. K. va o’.b. korxonalariga ko’maklashadigan Respu- blika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, «biznes-fond», «Madad» sug’urta kompaniyasi tashkil qilingan. K. va o’rta korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit AJ- ratish tizimi ham mavjud. K. va o’.b. korxonalari fukarolar, oila a’zolari va b. hamkorlikda mehnat yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qo’shma korxonalar, jamoat tashkilotla- ri, shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik uyushmalari, o’rtoqlik tashki- lotlari, yuridik tashkilot maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin. O’zbekistonda ro’yxatga olingan K. va o’.b. korxonalarining soni 202 mingtaga etdi. Ularning 57,7% i.ch., 42,3% noish- lab chiqarish tarmoqlariga to’g’ri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YaIMning 24,5% ni tashkil etdi, jami ish b-n band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi (2002). O’zbekistonda K. va o’.b. iqtisodiy va huquqiy munosa- batlari O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoli- yatining kafolatlari to’g’risida» (1999 y. 14 apr.) va «tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida» (2000 y. 25 may) qonunlari b-n tartibga solinadi. Shonazar Ermamatov.