Kinofestival

Kinofestival (kino… va Frans. festival — bayram) — kino san’ati asarlarining turli shaklda o’tkaziladigan ko’rigi. Kinematogra- fiyasi rivojlangan ko’pgina davlatlar milliy kino san’atining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish, keyingi ri- vojlanish yo’nalishini belgilab olish, xalqlarning o’zaro yaqinlashuvi, san’- at rivojiga o’z hissalarini qo’shi.sh maqsadida K. lar uyushtiradi. K.ning an’anaviy turi — xalqaro kinofestivallardir. Ular konkursli yoki konkurssiz, ixtisoslashgan va ixti- soslashmagan bo’ladi. Konkursli xalqaro K.larda hakamlar hay’ati film yaratuv- chilari (rej., aktyor, operator, rassom va b.)ni mukofot, sovrin, diplom va b. b-n takdirlaydilar. Konkurssiz festivalda ko’rsatilgan har bir film «festival katnashchisi» degan diplom, shuningdek, turli tashkilotlar ta’sis etgan mukofot va sovrinlarga ega bo’ladilar. Maxsus xalqaro K.lar janrlar (hujjatli, multiplikasion, ilmiy- ommaviy, reklama filmlar va b.), re- gionlararo (Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi, Boltiq bo’yi va MDH, Arab mamlakatlari va b.), botshka ajratib tu- ruvchi jihatlar (yosh rej.lar filmi, festivallar festivali, ayol rej. kabi) asosida o’tkaziladi. Har bir K.ning aniq belgilangan vaqti («kun», «dekada», «turkum», «oylik», «haftalik» kabi) hamda ko’rsatiladigan filmlar soni (konkursga kiritilgan yoki Informasi- on filmlar) oldindan ma’lum bo’ladi. Reglamentga asosan ilgari biror K. da mukofotlangan filmlar konkursga ki- ritilmaydi. Jahonda o’tkaziladigan eng yirik K.lardan qad.si Venesiya (Italiya) K.idir (1932). Bu festivalning Bosh. sovri- ni «Avliyo Markning oltin sheri» (eng yaxshi filmga, eng yaxshi debyutga, eng yaxshi ayol va erkak roliga). Kann xalqaro K.i 1946 y. dan har yili apr.—may oy- larida o’tkaziladi. Bosh sovrini «Oltin palma shoxi», katta maxsus sovrin «ol- tin kamera» (eng yaxshi ayol va erkak roli, eng yaxshi rejissura, eng yaxshi operator- lik ishi, eng yaxshi debyut uchun). Berlin xalqaro K.i 1951 y.dan mav- jud. Eng katta sovrin «Oltin ayiq», keyingisi «kumush ayiq». Har yili San- Sebastyan (Ispaniya)da o’tkaziladigan xalqaro K. 1953 y.dan faoliyat ko’rsatadi. Sovrinlari: «katta oltin chig’anoq», «Oltin chiganoq», «kumush chig’anoq». Moskva xalqaro K.i 1959 y.dan o’tkaziladi. Bosh sovrini «Avliyo Geor- giy». Birinchi Toshkent xalqaro K.i 1968 y.da o’tkazilgan. Shundan buyon Osiyo, Af- Rika va Lotin Amerikasi mamlakatlari festivali sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bosh sovrini: «Oltin Semurg'» (eng yaxshi film uchun), «Xo’ja Nasriddin» (eng yaxshi rejissura uchun), «kumush Semurg'» (eng yaxshi debyut uchun), «Oltin archa» (eng yaxshi erkak roli uchun), «Oltin Lola» (eng yaxshi ayol roli uchun) (yana q. Toshkent xalqaro kinofestivali). Saodat Xo’jaeva.