Kalaxari

Kalaxari — Jan. Afrikaning Markaziy qismidagi chala cho’lli tabiiy o’lka. Botsvana, JAR, Namibiya, Zambiya, Zimbabve, Angola hududida. Uz. 2000 km chamasida, kengligi 1200 km dan ziyod. Mayd. 630 ming km2. Plato va yassitog’lar b-n o’ralgan eol relef shakliga ega bo- tikdan iborat. Shim,da Kongo-Zambe- zi suvayirg’ichi, Jan. da Oranj daryosi vodiysi b-n chegaralanadi. Er yuzasi bir oz past-baland, ko’p qismi qum b-n qoplangan bo’lib, bal. 900-1000 m. Iqlimi tropik va subekvatorial iqlim, o’rtacha t-rasi yozda 24-26°, qishda 12— 18°. Yiliga 150 mm dan 1000 mm gacha yog’in yog’adi (eng ko’p yog’in dek.—Fev. oy- lariga to’g’ri keladi). Daryo kam. Sho’r suvli sayoz ko’l va botqoqlik ko’p. Tuprog’i jigarrang-qizil, laterit, qizil-qo’ng’ir tuproq. O’simlik dunyosi — shim.da sa- vannalardan, Jan.da chul va chala chul o’simliklaridan iborat. Katta qismida o’simlik umuman o’smaydi. Hayvonot dunyosi Efiopiya oblastining Afri- ka kichik oblastiga mansub. Aholining asosiy qismi ovchilik va chorvachilik b-n shug’ullanadi. K.ning Jan. qismida tovar mahsulot beruvchi chorvachilik ri- vojlangan, ayrim erlarda dehqonchilik qilinadi. K. hududida Etosha-Pan mil- liy parki tashkil etilgan.