Kalendar
Kalendar — yil, oy va kun- lar, hafta kunlari, asosiy bayramlar haqidagi axborotlardan iborat, ba’zan astronomik ma’lumotlar ham berila- digan bosma nashr. K. kitobcha, jurnal, sovga va reklama albomlari, yirtma va varaklama jadval, plakat va b. shakllar- da nashr etiladi. Qad. Rimda qarz daf- tarlari K. deyilgan, unga qarz beruvchi har oyning dastlabki kunlarida kiri- tiladigan foizlar — kalendarni (nomi shundan olingan) yozib borgan. Bizgacha ma’lum bo’lgan eng qad. Rim K.ga mil. 354 sanasi qo’yilgan. O’rta asrlarda K. nashri b-n cherkov shug’ullangan, 14-a.dan Evropada dunyoviy mazmundagi K. paydo bo’ldi. Bunday K.larda yilning fasl va oylari, yulduzlar turkumi va b.ni jad- val tarzida ko’rsatish rasm bo’lgan. Bun- Day K.lar musulmon mamlakatlarida ham keng tarqalgan (q. Zijlar). Kitob bosish ixtiro etilishi b-n turli mamlakatlar- da bosma K.lar ham tayyorlana boshlandi. O’zbek tilida birinchi bosma K. Shohimardon Ibrohimov tomonidan tuzilib, 1871 y. Toshkentda Turki- ston harbiy okrugi bosmaxonasida chiqarilgan (uning 1872 y. 2-nashri Ali- sher Navoiy nomidagi O’zbekiston mil- liy kutubxonasida saqlanadi). Bu K.da astronomik ma’lumotlardan tashkari yar- marka-bozorlar, davlat banki bo’limlari, Turkiston va Rossiyadagi shaharlarga olib boriladigan yo’llar, sud Nizom- lari, pochta aloqasi tartib-qoidalari, baxtsiz hodisalar ro’y berganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam va sh.k. haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar O’zbekistonda, asosan, jadval K.lar nashr etilgan. «Cho’ntak kalendari» chiqarilgan (1966-67). 1963 y.dan bosh- lab «O’zbekiston» nashriyotida munta- zam ravishda (faqat 1973 y.da chiqmadi) «O’zbekcha kalendar» (tuzuvchilar: Meli Jo’ra, Komiljon Abdullaev) nashr eti- lib, adadi 400 mingga etgan (1963-83). Keyin shunday K.ni O’zbekiston jur- nalistlar uyushmasi qoshida tashkil etilgan kalendar bo’limi chiqardi (1983-89). «O’zbekiston» nashriyotida 1994 y.dan muntazam varaklama kalen- dar, plakat kalendar chiqarilmoqda. O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmon- lari idorasi yillik musulmonlar yili taqvimi (musulmonlar kalen- darini chiqargan (1943 y.dan). Hoz. «Movarounnahr» nashriyoti yilning har choragi uchun alohida «musulmonlar taqvim kitobi» chiqarmoqda (1977 y.dan). Unda quyosh chiqishi va botishi, tush, qibla yo’nalishi, hijriy sana va namoz vaqtlari ko’rsatiladi. «Movarounnahr» nashriyotida har yili «Ramazon» taqvimi ham chiqadi. Unda ro’za tutiladigan kun- lar, saharlik va iftorlik vaqtlari ko’rsatiladi.