Kalit

Kalit — 1) qulftl berkitish va ochish uchun ishlatiladigan tishli yoki o’yiqli burash asbobi. Pishiq me- talldan tishlari yoki o’yiqlari qulf ariqchalari yoki chiqiqlariga tushadigan qilib tayyorlanadi. Har qaysi qulf va kalit bir-biriga moslanib, raqamlab qo’yiladi. Shuning uchun bir qulfning K.i. boshqa qulfnikiga tushmaydi (qulf- kalit iborasi shundan paydo bo’lgan); 2) biror mexanizmni burab yurgizish, ishga tushirish uchun ishlatiladigan metall asbob. Mas, burama (prujina- li) soatlar, o’yinchoklarning prujina- sini burab taranglash uchun qo’llanadi. O’yinchoqlarning K.i plastmassadan ham tayyorlanishi mumkin; 3) mashina- sozlikda — gayka va boltlarni burab qattiqlash yoki bo’shatish uchun ishlatila- digan uzunchoq dastali va jag’li metal asbob. Jag’i gayka va Bolt kallagining shakliga (necha qirraligiga) qarab ish- lab chiqariladi. Mashinalarni yig’ish, qismlarga ajratish va ta’mirlashda ishlatiladi; 4) elektrotexnikada — boshqarish pultida elektr zanjirla- rini ulash va uzish, kontaktlarni bir vaziyatdan ikkinchisiga o’tkazish uchun ishlatiladigan dastaki moslama. Ikki yoki ko’p vaziyatli bo’lishi mumkin. K. dispetcherlik boshqarish pultlarida, avtomatika va telemexanika tizimlarda qo’llanadi (yana q. Boshqarish pulti).