Kalonov Saidjon

Kalonov Saidjon (1914.30.6, Chust tumani Karkidon qishlog’i — 1971.31.11, Toshkent) — sozanda (nay), bastakor. O’zbekiston xalq artisti (1966). Dast- labki musiqa saboqlarini Toshkent musiqa texnikumida A. Vahobov, Sh. Shoumarov kabi tanikli san’atkor- lardan olgan. Nay ijrosi asoslari- ni Abduqodir naychi Ismoilovdan o’rgangan. Mustaqil ijodiy faoliyatini Farg’ona teatri musiqa rahbari sifati- da boshlab (1932-36), mazkur teatrda sahnalashtirilgan «Farqod va Shirin» (Xurshid) singari spektakllarga musiqa yozgan. O’zbekiston davlat filarmoniyasi- ning T. Jalilov rahbarligidagi orke- stri (1936-38), O’zbek davlat opera va balet teatri (1938-42), Yangiyo’l teatri (1942-48), O’zbekiston radio va televi- deniesi o’zbek xalq cholg’ulari orkestri- ning (1948-71) yakkanavozi. «Yovvoyi Ushshoq», «Yovvoyi Chorgoh», «Cho’li Iroq» kabi kuylarni nayda mahorat b-n ijro etgan. «Ey, sarvi ravon», «yor kezar», «Topmadim», «Dilnavozim», «Kuyla dilkash Dutorim», «gulmidi, Ra’nomi- Di», «ona diyorga salom» singari o’nlab ashula va qo’shiqlar, «Farg’ona tongi», «Armug’onim» kabi kuylar yaratgan. Bu- lar uzbek musiqa merosining muayyan katlamlari va zamonaviy ohanglar b-n uzviy bog’langan.