KALIFORNIYA QALQONDORI
KALIFORNIYA QALQONDORI (Quadraspidiotus perniciosus Comstock) — teng qanotli xartumlilar turkumi- ning qalqondorlar oilasiga mansub hasharot. 1881 y.dad. Komstok tomoni- dan Kaliforniya (AQSh)da aniqlangan. Mevali, manzarali va bargli o’rmon daraxtlarining karantin o’ta xavfli zararkunandasi. Urg’ochilari och sariq rangda, tanasi dumaloq. Tanasining ust- ki tomoni tuq kulrang, diametri 2 mm, qalqon b-n qoplangan. Og’iz organlari so’ruvchi, ko’zi, mo’ylovi, oyog’i va qanoti yo’q, kam harakatchan. May—iyul oyla- rida bir urg’ochisi 200-500 ta tirik lichinka tug’adi. Bir yilda 3 AV-Lod be- radi. Ko’proq olma, nok, shaftoli, o’rik, olxo’riga qattiq zarar etkazadi. Mevali daraxtlarga tushib, po’stlog’i, novdasi, bargi va mevalarini zararlaydi. Aso- san, zararlangan mevalarda yoki Nov- dalarda qizg’ish dog’lar paydo bo’ladi, po’stloq yoriladi, bargi to’kilib, daraxt qurib qoladi. O’zbekiston hududiga 1964 y.da ko’chatlar b-n kelib qolgan. Deyarli hamma viloyatlarda uchraydi. Biologik kurashda xonqizi va xaltsid parazitlar- dan foydalaniladi. Eng samarali usu- li, meva daraxtlariga gullashdan oldin erta bahorda №30 preparati (40-100 l/ga) yoki guli tushganidan keyin bi-58 preparati (0,8—2,0 l/ga), o’suv davri- da karbofos (1,0—3,0 l/ga) purkaladi. Ad.: Konstantinova G. M., Ko-zarjevskaya E. F., Kaliforniyskaya tshitovka, M., 1990.