Kaliforniya
Kaliforniya – AQSh Jan.- g’arbidagi shtat, tinch okean sohilida. Mayd. 411 ming km2. Aholisi 34,5 mln. kishi (2001). Ma’muriy markazi — sa- kramento sh. Shtat markazini keng qirg’oq bo’yi tizmalari b-n o’ralgan Kalifor- niya vodiysi egallagan. Yirik daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Sharqda Serra-Nevada tog’lari, Jan.da Moxave qumli cho’li va chuqur tektonik botiqlar (Ajal vodiysi, solton-Si ko’li) b-n che- garadosh. Iklimi yozi issiq va kishi ser- nam o’rta dengiz iqlimi. Shtatning tog’yon bag’irlarida issiq va quruq iqlim. Tog’ qarag’ay o’rmonlari va qattiq bargi doim yashil butalar o’sadi. K.da Yosemit, Las- sen-Volkanik, Sekvayya va Kings-Kanon milliy parklari tashkil etilgan. Neft, tabiiy gaz, oltin, simob, temir ruda- si va b. foydali qazilmalar olinadi. K. AQShning iqtisodiy jihatdan yuk- sak rivojlangan shtati, muhim harbiy i.ch. markazi. Aviasiya, raketa-kosmik, radioelektronika, kimyo sanoati, neftni qayta ishlash, mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), qora metallurgiya rivoj- langan. Ko’plab oziq-ovqat (ayniqsa, kon- serva sanoati) korxonalari bor. Muhim sanoat markazlari — Los-Anjeles, San-Frantsisko, San-Diego, Oklend. Gollivudda kino sanoati rivoj topgan. Q.h. intensiv dehqonchilik b-n bir- ga (asosan, meva va sabzavotlar, TSI- Trus mevalar, paxta), ekstensiv chor- vachilikka ixtisoslashgan. Shim. da o’rmonchilik, dengiz bo’ylarida baliq ovlash, turizm rivojlangan. Muhim portlari: San-Frantsisko, Los-Anjeles. Harbiy bazalar, ka- liforniya universiteti bor. K.ga evropaliklar 16-a.da kela boshla- gan. 18-a.dan ispanlar uni mustamlakaga aylantirganlar. Meksika mustaqillikka erishgach (1821), K. hududi uning tarki- biga kirgan. AQTT1 — Meksika urushi (1846-48) natijasida K. Meksikadan tortib olinib, AQShga qo’shib olingan; 1850 y.dan AQSh shtati.