«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O’zbekiston Re- spublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimo- iy harakati — Uzbekistan yoshlarining ixtiyoriylik asosida vujudga kelgan, o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat noti- jorat tashkiloti. Harakat 2001 y. 25 apr. da bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyi qarori b-n tashkil toptan. Ta’sis qurultoyida Harakatning dasturi va Nizomi Kabul qilindi. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi — O’zbekiston yoshlarini bir- lashtirish, sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, ularning manfaatla- rini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la na- moyon etishi, jamiyatda munosib o’rin egallashlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Harakatga uning da- sturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom talablarini tan oladigan, ular- ni amalga oshirish yo’lida faol harakat qiladigan, Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida mehnat qilish va kurashishni o’zi uchun hayotiy e’tiqod deb biladigan, o’qishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida boshqalarga o’rnak bo’ladigan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, shax- siy va ijtimoiy mavqeidan qati na- zar, qoida tariqasida, 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston fuqarolari a’zo bo’lishi mumkin. Harakatning oliy organi — 5 y.da bir marta chaqiriladigan Qurultoy, rahbar orga- ni — 6 oyda bir marta chaqiriladigan Markaziy Kengash, ijroiya organi — 2 oyda bir marta chaqiriladigan Ijroiya qo’mita hisoblanadi. Harakatning yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bo’limlari, shuningdek, tuman, shahar bo’limlari bo’lib, ularning yuqori organi 2,5 y.da bir marta chaqiriladigan konferentsiya- dir. Harakat tarkibida uning homiyligi asosida ishlaydigan, 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarni birlashtiradigan Bolalar tashkiloti tuzilgan. Bolalar tashkiloti harakat Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat ko’rsatib, o’z faoliyatini tarbi- yaning o’ziga xos yondashuv va usullaridan foydalangan holda, bolalarning qalbi va ongiga Harakatning asosiy maqsad- muddaolarini singdirishga qaratgan. Harakat yoshlar muammolari in-ti, «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa Mar- kazini ta’sis etgan. «K.»yo.i.h. muas- sisligida «Turkiston», «Molodyoj uz- bekistana» gaz.lari, «yosh kuch», «sirli olam», «Sinfdosh», «G’uncha», «Yoshlik», «Qalb ko’zi» jur.lari nashr etiladi. Harakatning negizi — boshlang’ich tash- kilotlar bo’lib, ular mamlakatdagi bar- cha o’quv muassasalari, mehnat jamoala- ri, shuningdek, Qurolli kuchlar, huquq- tartibot organlari tizimlarida yoshlar- ning xohish-irodasiga asosan tuziladi. Har bir boshlang’ich tashkilotning bir yilda bir marta o’tkaziladigan umumiy hisobot yig’ilishida ko’pchilik ovoz b-n saylanadigan etakchisi bo’ladi. 2002 y. 1 apr.da jami boshlang’ich tashkilot- lar soni 20.332 tani, ulardagi a’zolar soni esa 4.369.066 nafarni tashkil etdi. Botir Ubaydullaev.