Kampirtepa
Kampirtepa — qad. shahar xaro- basi (mil.AV. 3—mil.Z-a.). Amudaryoning o’ng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Sho’rob qishlog’idan 0,5 km g’arbda joy- lashgan. K. 2 qism; qal’a va undan G’arb va Sharq tomonda joylashgan, atrofi devor b-n o’ralmagan qismdan iborat. G’arbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan Jan.ga —200—250 m. Qal’a (mayd. 4 ga) Ark va turar joylardan tash- kil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devoir b-n o’rab olingan; devorga ichki yo’laklar qilingan, burchaklarida minoralar o’rnatilgan bo’lib, xandaq b-n o’ralgan. Ark qal’aning Markaziy qismida joy- lashgan, Jan. tomondan uning bir kismi- ni suv yuvib ketgan. Arkning mayd. — 1, 3 ga, Jan.-Sharqiy burchagida darvozasi bo’lgan. Ark xom g’ishtdan qalinligi 5 m ga yaqin devor b-n qurshalgan. Devor atrofi kengligi 10 m lik xandaq b-n o’rab olingan. Arkning ichki qismida turli maqsadlar uchun mo’ljallangan xo- nalar joylashib, ular o’zaro yo’laklar b-n bog’langan 4 ta yirik blokni tash- kil qiladi. K.ning mustahkamlan-magan qismi, asosan, dafn inshootlari maj- muasi b-n band. Uning shim. g’arbiy qismida, 0,5 ga lik maydonda naus tipi- dagi 10 dafn inshooti joylashgan bo’lib, ular hajmi 33-34-35 X 33-34-35 X 13-14 sm lik kvadrat shakldagi xom g’ishtdan terilgan. Shar-qiy qismda yana bir dafn inshooti bo’lib, uning tarhi to’rtburchak, shim.dan Jan.ga tomon cho’zilib, uz. 66,5 m, kengligi 3-4,2 m bo’lib, bir-biridan yo’laklar b-n AJ- ratilgan uchta binodan iborat. K.ning mana shu qismidan tarhi aylana shaklda bo’lgan xumdon topilgan. K.dagi hayot uchta asosiy davrga bo’linadi: B i r i n ch i davr (mil.AV. 3-2-a.lar) — K.ning Jan. qismida, bo’lajak Ark o’rnida qal’aning vujudga kelishi; Yunon-Baqtriya podsho- ligi davriga oid turar joilarning katta qismini Amudaryo suvi yuvib ketgan. Ik- kinchi davr (mil. AV. 2— 1-a.lar) — Ark o’rnida hayot qisman jonlana boshlagan. Uchinchi davr (mil. 1-2-a.lar) — K.ning yuksalgan davri, mustahkam qal’a bunyod etilishi, uning tizimining shakllani- shi. K.dan ko’plab sopol idishlar, bezak buyumlari, haykalchalar va b. topilgan. Ad.: Rtveladze E., Velikiy tshelko-viy put, T., 1999; Surxondaryo, Albom, T., 1996.