KAMOL QOZI MADRASASI
KAMOL QOZI MADRASASI – Qo’qondagi me’moriy yodgorlik (19-a.). K. q. m. binosi darsxona, ayvonli mas- jid, qovli va kichik hujralardan ibo- rat. Darvozaxona serhasham bo’lib, Xudo- Yorxon o’rdasida bo’lgani kabi bu binoda ham faqat kirish qismi (sirti) zeb be- rib ishlangan. Peshtoq tepasi rang- barang naqshlar b-n qoplangan bo’lib, handasiy shakllar arabiy bitiklar b-n uyg’unlashib ketgan. Peshtoqining ikki yonidagi ustungo’shalar yuqorisi bezak- li kafasa b-n yakunlangan. Darvozaxona ikki qavatli. Ustki qavatdagi darsxona oldi peshayvonli bo’lib, panjara b-n to’silgan. Tomi 4 qirrali-chortark gum- baz b-n qoplangan. Hovli atrofiga mas- jid va hujralar qurilgan. Masjid 4 ustunli, Sharq tomoni ochiq, to’sin tash- lab qurilgan ayvoni bor. Uning ichki to- moni ganch b-n ishlangan. Sirti suvoqsiz. K. q. m. me’morligida qo’qonlik xalq ustalarining an’analari o’z ifodasini topgan. Madrasa ta’mir qilinib, undan mehmonxona sifatida foydalanilmoqda.