Kantorovich Leonid Vitalevich
Kantorovich Leonid Vitalevich [1912.6(18).1, Peterburg — 1986.7.4, Mo- skva] — rus matematigi va iqtisodchisi, akad. (1964). Leningrad un-tini tugat- gan (1930). Ilmiy ishlari hisoblash mat.sini iqtisodiyotda tatbiq etishga bag’ishlangan. Birinchi bo’lib funktsio- nal analiz usullarini hisoblash mat.siga qo’llagan, xususan, operatorli tenglama- larni taqribiy echish usullarini ishlab chiqqan. Chiziqli dasturlash sohasiga asos solgan. Chizikli dasturlash asosi- da iqtisodiy resurslardan eng samarali foydalanish b-n bog’liq muammolarni hal qilish modelini yaratgan. Eng maqbul iqtisodiy modellar tahlilida paydo bo’ladigan ob’ektiv shartlangan narx- larni muhim qiymatlarini aniqladi. Bu tadqiqotlar xalq xo’jaligini opti- mal rejalashtirish va boshqarish naza- riyasini yaratishda hamda narx belgilash, renta nazariyasi, kapital qo’yilmalar samaradorligi va b. muammolarni ishlab chiqishga yordam berdi. Umrining oxir- larida iqtisodiyotda mat. modellar b-n shug’ullangan. Nobel mukofoti Laure- ati (1975, T.Ch. Kupmans b-n birga). As: Matematicheskie metodi organizasii i planirovaniya proizvodstva, L., 1939; Nailuchshee ispolzovanie resursov, L., 1965; Optimalnie resheniya v Ekonomi- ke, L., 1972.