Kanash Sergey Stepanovich
Kanash Sergey Stepanovich (1896.23.9 — Toshkent — 1975.30.10) — selektsioner olim, O’zbekiston FA (1952) va VASXNIL (1948) akad., O’zbekiston (1944) va Tojikiston (1946) Respublikalarida xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. O’rta Osiyo un- tining q.x. f-tini tugatgan (1925). Tur- kiston selektsiya st-yasida selektsioner, assistent (1925 — 29), Soyuznixining Markaziy selektsiya st-yasi sektor mudiri (1930-38), ilmiy ishlar bo’yicha direk- tor o’rinbosari (1939-41), direktori (1942-57), O’zbekiston FA Prezidiumi a’zosi va biol. fanlari bo’limi raisi (1956-60), Butunittifoq g’o’za selek- tsiyasi va urug’chiligi i.t. inti direk- tori (1960-64). K. g’o’zaning serhosil, viltga va gommozga chidamli 8517, 8582, 8427, S-460, S-1579, S-1622, 18819, S-450555, S—1472, S—1225 va b. navla- rini yaratdi; ilmiy ishlari g’o’za biol.si, selektsiyasi va urug’chiligi, har xil xro- mosomali g’o’za turlarini duragaylash usullari masalalariga bag’ishlangan. As: Mejvidovaya gibridizasiya v prede- lax raznoxromosomnix vidov xlopchat- Nika, M. — T., 1932.