Kandil, Kandil sinap
Kandil, Kandil sinap — kech- pishar olma navi. Evropa mamlakatla- ri, Qrim, Gruziya, Ozarbayjonda ko’p ekiladi. O’zbekistonga 19-a.ning 90-y. larida Qrimdan keltirilgan va sanoat ahamiyatidagi bog’lar barpo etishda aso- siy nav hisoblangan. Daraxti baland (9-12 m), shox-shabbasi ixcham o’sadi. Ko’chati o’tqazilgach, 10-12-yili hosil beradi (18-20-yili to’liq hosilga kiradi). Apr.ning o’rtalarida gullay- Di. Mevasi chiroyli, tsilindrsimon, 100-120 g, ba’zan 200-250 g, po’sti och sariq, eti oq, oftobga qaragan to- moni och qizil, sersuv, nordon-shirin (11,5% qand, 0,38% kislota, 0,27% kul moddalari). Mevasi avg. oxiri — sent. boshlarida teriladi, Fev.—martgacha yaxshi saqlanadi. Namgarchilik etarli va ezda kuchli shamollar bo’lmaydigan hududlarda yaxshi o’sadi va ko’p hosil be- radi. O’g’itlarga, sug’orishga talabchan. Bir tupidan 500-600 kg gacha qosil olinadi. Mevabandi uzun (22-30 mm) bo’lgani sababli mevalari shamolda to’kilishga moyilroq. Sovuqqa chidamli. K. sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan, eksport- bop eng yaxshi xo’raki navlardan biri. Kech hosilga kirishi sababli 20-a.ning 70-y. laridan O’zbekistonda kam ekiladi.