Kampirchopon
Kampirchopon (Trichodesma incanum (Bunge) ADC.) — govzabongul- doshlarga mansub ko’p yillik begona o’t. Poyasi sershox, er bag’irlab, ba’zan tikka o’sadi, bo’yi 30-100 sm. O’simlikning hamma qismlari kumushsimon oq tuklar b-n qoplangan. Barglarining hamma qismlari kumushsimon oq tuklar b-n kalin qoplangan, seret, tuxumsimon, bandsiz. Gullari zangori, tarvaqaylagan ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi tuxumsimon yong’oqcha. Apr.—okt.da gul- lab mevalaydi. Ildizi o’q ildiz. Bosh ildizi 5— 6 m chuqurlikkacha kiradi, ildiz bo’g’zidagi kurtaklardan er usti novdalari o’sadi. Vegetativ va urug’idan ko’payadi, qishlab chiqqan urug’lari 7-10° t-Rada unadi. Mart — apr. boshida may- salari ko’karadi. Bir tup i 1000 tagacha urug’beradi. Urug’i tuproqqa sochilib ketadi. O’simlik va urug’lari zaharli. Kurash choralari: o’toq qilish, ekin hosili yig’ishtirilgach, erni 10— 12 sm chuqurlikda yumshatish, chimqirqar plug b-n 30-35 sm chukurlikda kuzgi shudgor. Don ekinlarini 2,4-D tipidagi gerbi- tsidlar b-n dorilash.