Karpat tog’lari

Karpat tog’lari – O’rta evro- paning Sharqiy qismidagi tog’siste- masi. Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Pol- sha, Ruminiya, Moldaviya va Ukraina hududlarida; uz. 1500 km. Bratislava sh. yonidan Dunay daryosi vodiysidagi temir Darvoza (tangi)gacha davom etgan. Qavariq to-moni shim.-Sharq va sharqqa qaragan yoy shaklida. Eni shim.-g’arbida qariyb 250 km, o’rta qismida 120 km, Jan.-sharqida 430 km gacha. K.t. bo’ylama va ko’ndalang vodiylar b-n ajralgan turli yo’nalishdagi tiz- malardan iborat. Orografik jihatdan G’arbiy, Sharqiy va Jan. qismlarga bo’linadi. G’arbiy Ruminiya tog’lari (eng baland cho’qqisi — Bixor tog’i, 1848 m) va Transilvaniya platosi (bal. 600— 800 m) ham K.t. tarkibida. K.t. ko’p qismining bal. 800-1200 m, eng baland joyi — ba- Land Tatra tog’laridagi Gerlaxovski- Shtit cho’qqisi (2655 m). K.t. yoyining qavariq tomonidagi tog’oldi qismi (kengligi 40-60 km) neogen davrining g’ovak jinslaridan, Markaziy qismidagi tizmalari kristalli jinslar (granit, gneys) va ohaktoshlardan tuzilgan. K.t. Alp burmalanishi davrida vujudga kelgan. Foydali qazilmalardan neft, yonuvchi gaz, ozokerit, kaliy, tosh va osh tuzlari, qurilish materiallari (Mar- Mar), shifobaxsh mineral suvlar, simob (Zakarpateda), polimetall konlari, ko’mir va qo’ng’ir ko’mir, temir va Mar- ganes rudalari, rangli va Nodir metal konlari bor. Iqlimi mo»tadil. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim. va sharqida -5 dan -4° gacha, Jan.da -3 dan -2° gacha, tog’ tepalarida -9°, -10°. Iyulning o’rtacha t-rasi tog’etaklarida 17-20°, tog’tepa- larida 5-4°. Yillik yog’in K.t.yoyining qavariq tomonida 600-800 mm. G’arbiy Ruminiya tog’larida 800-1000 mm. Tog’te- palarida 1200-2000 mm. Yog’inning aksari qismi yozda yog’adi. Qor tog’yon bag’irlarida 5-7 oy saklanadi. Doimiy muzlik va abadiy qorlar yo’q. K.t. — Evropadagi eng katta suvayirg’ichlardan biri. Visla va Odra daryolari Boltiq dengiziga quyiladi. Ko’pgina daryolari Dunay va Dnestr hav- zasiga mansub. Tog’etaklaridagi qad. o’rmon-dasht va o’rmonlar o’rnida bog’va tokzorlar barpo etilgan, ekinzorlar bor. Tog’yon bag’irlaridagi tog’-o’rmon qo’ng’ir tuproqli erlarda dub, qoraqarag’ay, tog’-podzol tuproqli, erlarda qarag’ay o’rmonlari, tog’tepalarida subalp butazorlari va Alp o’tloqlari bor. Hayvonlardan tiyin, quyon, ayiq, bo’ri, silovsin, suvsar, bug’u, qobon, karqur, boyqush, kakku va b. mavjud. K.t.da aholi, asosan, tog’oldilarida va tog’oralari- dagi vodiylarda zich yashaydi. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, tokchilik va bog’dorchilik. Tog’tepalarida aholi siy- rak, chorvachilik va o’rmon xo’jaligi b-n shug’ullanadi. Kurort ko’p. Turizm, al- pinizm rivojlangan. Sportning qishki turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazib tu- riladi.