KO’SAK CHUVISH MASHINASI
KO’SAK CHUVISH MASHINASI – paxta terish mashinasi va podborshchiklar yordamida terilgan paxtani, ko’rak terish mashinasi va terimchilar terib olgan ko’saklarni chuvib, paxtasini xas-cho’p va b. aralashmadan tozalab, transport vosi- talariga ortadigan mashina. O’zbekiston «O’zqishloqxo’jalikmashxolding» kom- paniyasi dala sharoitida ishlaydigan universal, zavonaviylashtirilgan UPX- 1,5 E rusumli K.ch.m. ishlab chiqaradi. K.ch.m. mexanizmlari 40-70 kVt quv- vatli traktorlarning kuvvat olish Vali (Qov)dan yoki 7,5 kVt quvvatli elektr dvigateldan harakatga keltiriladi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Paxta yoki kusak pnevmatik yuklash konveyeri- ga uzluksiz o’zatib turilali. Rastrub- quvur orqali bu mas-salarni so’rib, tishli baraban ga o’zatadi va to’r bo’ylab o’tkazib mayda xas-cho’plardan tozalay- Di. Vakuum-klapan yordamida ta’minlash bunkeriga keladi. Bu erda bir-biriga qarama-qarshi aylanayotgan ta’minlash valiklari tozalanadigan paxtalarni xas-cho’p ajratish barabaniga uzatadi, baraban esa paxtani to’r ga ishqalab mayda xas-cho’plardan tozalaydi. Ko’sak uzatilayotganda barabanning parrakla- ri ko’saqlarni to’rga ishqalab chiqadi va paxtasini chuvib, titadi. Baraban chala chaqilgan ko’saqlarni parraqli chaqish barabaniga o’zatadi. Paxta arrali bara- bandan cho’tkali baraban yordamida oladi va arrali barabanga o’zatadi. Qaytarish barabani teskari tomonga aylanib, pax- tadagi yirik xas-cho’plarni chiqindilar separatoriga urib tushiradi. Paxta ar- rali barabandan ajratish barabani yor- damida olinib, ajratgichga tashlanadi. Barg ajratgich to’r ichiga joylashtiril- gan qoziqchali barabandan iborat. U erda paxtadagi mayda aralashmalar ajratila- Di. Tozalangan paxta ajratish barabani- ga qayta tashlanadi, so’ngra vakuum-kla- Pan orqali quvurga, keyin ventilyator hosil qilgan havo oqimi b-n transport vositasiga yuklanadi. Arrali barabanga ilashmagan pax- ta bo’laqlari aralashmalar b-n birga chiqindilar separatoridagi arrali ba- rabanga to’shadi; bu erda paxta bo’laqlari ushlab qolinadi, ishqalash cho’tkasi esa ularni yirik xas-cho’plardan ajratib chiqindilar separatoriga tashlaydi. Ar- rali barabandan paxta cho’tkali baraban b-n ajratib olinib, arrali barabanga tashlanadi. Bu erda paxta qo’shimcha to- zalanadi. Arrali barabanga ilashmagan paxta xas-cho’plar b-n birga tishli kichik barabanga to’shadi. Baraban tez aylanib to’rga ishqalanib, paxtani cho’tkali ba- rabanga tashlaydi. Paxta o’z navbatida arrali baraban yordamida qisman tozala- nib, arrali barabanga qaytariladi. Er- dan terilgan paxtani tozalashda baraban K.ch.m.dan olib qo’yiladi, to’siq oddiy to’siq b-n almashtiriladi. K.ch.m.ning ish unumdorligi: qo’lda terilgan Kusakni tozalashda 1,95 t/soat; ko’rak terish mashinasi b-n qushilgan holda ishlatilganda terilgan ko’rakni tozalashda 1,30 t/soat.