KRISHAN CHANDAR
KRISHAN CHANDAR (1913.19.11, Vazirobod — 1977.7.3, Bombey) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Hoz. za- mon urdu adabiyotining yirik vakili. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi rahbarlaridan biri (1953). Dastlabki hikoyalar to’plami — «til- simi xayol» (1937). K.Ch.ning turli janrlarda 80 ga yaqin kitobi chop etil- gan. «Xoin», «biz vahshiymiz» (1949) to’plamlarida Hindistonning bo’linishi (1947) va hind-musulmonlar qirg’ini mavzui yoritilgan. «Mag’lubiyat» (1958), «bo’ron kurtaklari» (1954), «kumush yara» (1964) romanlari, «ko’cha ortga qaytadi» (1961), «ikkinchi qor yog’ishdan avval» (1967) qissalari va avtobiogra- FIK qissalari («loy o’yinchoqlar», 1956; «Xotiramdagi chinorlar», 1968) va b. asarlarida Kashmir xalqi hayoti aks et- tirilgan. K. Ch. «Eshakning sarguzasht- lari» (1958 — 65), «Dadar ko’prigidagi bolalar» (1958), «qog’oz qayiq» (1966) romanlaridan iborat trilogiya mualli- Fi. K. Ch. O’zbekistonda bo’lgan. Asarlari xorijiy tillarga, jumladan, o’zbek ti- liga ham tarjima qilingan. As: bir qizga ming oshiq [roman], T., 1965; Otash nafaslar [hikoyalar, to’plam], T., 1977; Xotiramdagi chinorlar [qissa va hikoyalar], T., 1986; Dadar ko’prigidagi bolalar [qissa], T., 1999.