Koson tumani

Koson tumani – Qashqadaryo VI- loyatida joylashgan tuman. 1926 y. 29 sent. da tashqil etilgan. Samarqand VI- loyati, muborak, qarshi, Kasbi tuman- lari b-n chegaradosh. Mayd. 1,88 ming km2. Aholisi 197,1 ming kishi (2003). K. t. da 1 shaxar (Koson) va 9 qishloq fuqarolari yig’ini (bo’lmas, Guvalak, Gulbog’, Do’stlik, Koson, Obidida, Olacha- bob, Po’loti, tinchlik) bor (2003). Mar- kazi — Koson sh. Tabiati. K.t. hududi asosan, pastte- kislik, adir va qir-cho’llardan iborat bo’lib, Qashqadaryoning quyi qismida, Qarshi cho’li zonasida, 450-500 m ba- landlikda joylashgan. Iqlimi Konti- nental iqlim. Iyulning o’rtacha t-rasi 27-30°, yanv.niki 0 dan 1° gacha. Vegeta- tsiya davri 210-240 kun. O’rtacha yillik yog’in 190-200 mm, asosan, bahor va qish oylarida to’shadi. Orografik to’siklar yo’kligi sababli sovuq havo oqimlari, asosan, qish oylarida shim.-Sharq to- mondan kirib keladi. Qashqadaryo K.t. b-n Kasbi tumani chegarasidan, qarshi magistral kanali tuman hududidan oqib o’tadi. Tuprog’i och tusli bo’z va bo’z tuproq, shuningdek, taqir, sho’rxok, qumoq tuproqlar ham mavjud. Bu tupro- klar aralash uchraydi. O’simliklardan sho’ra, shuvoq, qora sho’ra, yulg’un, sakso- vul, isiriq, oq chitir, qizilmiya, oqbosh o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, quyon, tipratikan, toshbaqa, kaltakesak, echkemar, qum bo’g’ma iloni, chipor ilon bor. Qushlardan burgut, chumchuq, musi- cha, so’fito’rg’ay, kaptar, mayna uchraydi. Hasharotlardan chayon, biy, qoraqurt bor. Aholisining aksari qismi o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga o’rtacha 105 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 58,5 ming kishi (2003). Xo’jaligi ning asosiy tarmoqlari: q.x., engil sanoat, chorvachilik. Tumanda paxta tozalash z-Di, avtokorxonalar, non k-ti, yog-ekstraktsiya z-Di, g’o’zapoyadan kar- ton qog’ozi ishlab chiqariladigan o’zbek- Xitoy qo’shma korxonasi, «Istiqlol» savdo-sanoat korxonasi, g’isht z-Di, qandolatpazlik va kulolchilik tsexla- ri, bosmaxona, Koson, Po’loti, Alatun dehqon bozorlari bor. 2 qo’shma korxona, 67 kichik korxona, 2 kooperativ korxona, 9 q.x. kooperativi, 14 fermer xo’jalik uyushmasi, Erqo’rg’on parrandachilik f-kasi mavjud. Q.x.ga yaroqli erdar 144,9 ming ga, paxta 24,8 ming ga, g’alla 26,7 ming ga erga ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 45,7 ming qoramol, 196,3 ming qo’y va echki, 10,9 ming parranda, 1000 ga yaqin ot boqiladi (2003). Tumanda 93 umumiy ta’lim MAK- tabi bo’lib, 45,5 ming o’quvchi ta’lim oladi. 5 kasb-hunar maktabi, 36 kutubxo- na, 12 ta madaniy muassasa mavjud. 865 o’ringa mo’ljallangan 8 kasalxonada 274 vrach ishlaydi. Tug’ruqxona, poliklinika, dorixona bor. «Umid yulduzi» tuman gaz. 1998 y. dan chiqadi (adadi 8200 dan ziyod).