Kontsern

Kontsern (concern — ishtirok, manfaat) — manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorlikdagi faoliyatda ish- tirok umumiyligi asosida uyushgan kor- xonalarning yirik birlashmasi. I.ch. Di- versifikasiyasn asosida tarkib topadi- gan yirik, ko’p tarmoqli korporasiya. AK- sariyat hollarda korxonalarning bunday guruhlari shu korxonalar aktsiyalarining asosiy qismini o’z qo’lida to’plagan bosh korxona (xolding) atrofida birlashadi. K. tarkibiga (sanoat, transport, savdo, bank sohasi) turli tarmoqlarga tegish- li, ayrim hollarda, dunening ko’pgina mamlakatlarida joylashgan o’nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Turli mintaqalarda joylashgan, ayrim tovarlarni ishlab chikaradigan va K.ga nominal kiradigan korxonalar bosh kompaniyaning sho»ba filiallari, sho»ba kompaniyalari hisoblanib, o’z xo’jalik mustaqilligini saqlab qoladi. Amalda K. tarkibidagi korxonalar ilmiy-tex- nikaviy va i.ch. taraqqiyoti, shuningdek, investisiya, moliya, tashqi iqtisodiy FA- oliyat, korxonalarga xizmat ko’rsatishni tashqil etish sohalaridagi vazifalar- ni markazlashtirish asosida faoliyat ko’rsatadi. Korxonalar umumiy moliya, yagona ilmiy-texnika potentsiali va ko- operasiyalashgan barqaror aloqalarga ega bo’ladi. Ayrim K.lar murakkab mahsulotlarni tayyorlashning jami i.ch. tsiklini amalga oshirish mumkin. Tarmoq va tarmoqlararo K.lar bor. Bir korxona faqat bir K.ga kira oladi. K. dastlab 1-jahon urushi yillarida (1914-18) tashqil topgan. Hoz. davrda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda sanoat, transport, savdo, bank, sug’urta, aloqa, matbuot, radio-televidenie kom- paniyalarini birlashtiradigan, xalqaro darajada faoliyat ko’rsatadigan, jahon mamlakatlarida shoxobchalari keng ri- voj topgan K. bor. Xalqaro K.lar trans- milliy K. deb ataladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoit- larida O’zbekistonda 1991 y. okt.dan boshlab moddiy i.ch. b-n bog’liq tarmoq vazirliklari o’rnida yirik K.lar tashqil qilindi («O’zkimyosanoat», «O’zdavmashkontsern», «Radioelektronte- xasbob», «O’zbaliq», «O’zavtoyo’l» va b.). Qodirjon Yusupov.