KETMONCHI PEGMATIT (DALA SHPATI) KONI

KETMONCHI PEGMATIT (DALA SHPATI) KONI — Samarqand VI- loyati Paxtachi tumani, Ziyovuddin shaharchasidan Jan.-sharkda joylashgan kon. 1935 y. topilgan. H.M.Abdullaev, A.V. Korolyov, P.A.Shextman, Q.L.Boboev, N.K.Jamoliddinovlar mukammal o’rgangan. Konning geologik tuzilishi- da paleozoy erasiga mansub metamor- fizlashgan cho’kindi jinslar va granit- lar ishtirok etgan. Tektonik jihatdan K.p.k. Zirabuloq strukturasining Jan. qanotidagi antiklinalda joylashgan. Antiklinal o’zagidagi jinslar gneys- lashgan va porfirli granodiorit, musko- vitlashgan biotitli granit, leykokratli granit, shuningdek, pegmatit va alyaskit- dan iborat. Pegmatitlar har xil erto- mirlar shaklida ko’p uchraydi. Ularning eni 40-50 sm dan 5-6 m gacha, uz. 100— 200 m. Pegmatitlarda Nodir metall ele- mentlaridan, asosan, berilliy, shuning- dek, niobiy, tantal (kolumbit-tantalit) va qalay (kassiterit) hamroh holida uchraydi. Kondagi pegmatitlar keramika xom ashyosi sifatida ham ishlatiladi.