Kyoln

Kyoln — GFRdagi shahar. Reyn- Vestfaliya erida, Reyn daryosi bo’yida. Aholisi 962 ming kishi (1998). K. — xalqaro transport yo’llarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Muhim Daryo porti (yillik yuk ortib-tushi- rish 15 mln. t). K.da Reyn daryosiga bir nech-ta ko’prik qurilgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, moliya va savdo Mar- kazlaridan. Metallsozlik va mashi- na-sozlik (traktorsozlik, kon sanoati uchun uskunalar i. ch., avtomobilsozlik, vagonsozlik va lokomotivsozlik), elek- trotexnika sanoati iqtisodining etak- chi tarmoqlari. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, to’qimachilik, kimyo, tikuvchilik, oziq-ovqat, poligrafiya, parfyumeriya sanoati korxonalari bor. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. K. — ulgurji savdo va kredit-bank ish- larining yirik markazi. Xalqaro yarmar- ka va ko’rgazmalar o’tkaziladi. Metropo- liten, un-t (1388), muzeylar, jumladan badiiy hunarmandchilik, Rim-Germaniya, Sharqiy Osiyo san’ati muzeylari va b. bor. Me’moriy yodgorliklardan roman cherkovlari (10-13-a. lar), gotika sobo- ri (13-19-a.lar), cherkovlar (13-16-a. lar), ratusha (14— 15-a.lar), turar joy- lar (13-a.), barokko usulidagi cherkovlar (17— 18-a.lar) saqlangan. Shahar mil. AV. 1-a.dan ma’lum. 785-1273 y.larda arxiepiskoplik markazi, O’rta aerlar- da Ganzannng eng muhim shaharlaridan bo’lgan. 1794-1813 y.larda Frantsiya bo- sib olgan. 1814-15 y.larda Prussiyaga berilgan. 1918-26 va 1945 y.larda in- gliz qo’shinlari tomonidan eg’allangan. 1949 y.dan GFR tarkibida.