Kitsimonlar

Kitsimonlar (Cetacea) – suv- da yashaydigan sut emizuvchilar turku- mi, 100 ga yaqin turi bor. O’zoq Sharq va shim. dengizlarda 6 oilasiga man- sub 21 turi uchraydi. Bo’yi 1,2 m dan (dengiz cho’chqasi) 33 m gacha (ko’k kit). K. turkumiga mo’ylovli kitlar, delfin- lar, kashalotlar kiradi. To’zilishi va hayoti suv muhitiga moslashgan. Orqa oyog’i bo’lmaydi, oldingisi boshqaruv va- zi-fasini bajaradigan ko’rakka aylan- gan. terisi yalang’och, shilimshiq modda b-n qoplangan. Dum so’zgichlari ikki bo’lakdan iborat. K. nafas olish uchun suv betiga so’zib chiqib, o’pkasini havo b-n to’ldirib oladi. Boshi ustiga o’rnashgan tashqi burun teshiklarida ochilib yopi- lib turadigan qopqoqlar bor. Burun te- shigidan suv aralash havo favvora bo’lib otilib turadi. Bo’g’ozlik davri bir yil. 1 ta bola tug’adi. Bolasi 4-8 oy onasi- ni emadi. 3 yoshida voyaga etadi. K. 200 metrgacha chuqurlikka sho’ng’iydi. Mollyu- skalar, qisqichbaqalar va b. umurtqasiz hayvonlar, baliqlar b-n oziqlanadi. Suv ostida bir soat va undan ortiq tura oladi. K. tishsiz (mo’ylovli) va tishli kitlar kenja turkumiga bo’linadi. Ka- spiy va Orol dengizidan tashqari barcha dengiz va okeanlarda, tropikdagi yirik daryolarda uchraydi. K.ning iqtisodiy ahamiyati katta. Yog’idan gliserin, marga- rin va sovun tayyorlashda foydalaniladi; go’shtidan konserva tayyorlanadi;suyagidan talqon qilinadi, jigarida vitamin A ko’p bo’ladi. Ko’pchilik turlarining soni keskin kamayib ketganligi sababli ov- lash man etilgan. 18 turi va 1 kenja turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.