Kolorimetriya
Kolorimetriya (lot. color — rang va … metriya) — ranglarni va ular orasi- dagi tafovutlarni o’lchash va miqdoriy jihatdan ifodalash usullari. Mohiyati 3 asosiy rang (qizil, yashil va Zango- ri ranglar) ning tanlangan tizimida ranglar koordinatalarini aniqlashdan iborat. Bunda tekshirilayotgan rangdan farq qilmaydigan rang tanlanadi. Ran- glar kolorimetr asbobida o’lchanadi. Ranglarni miqdoriy ifodalash usullari yorug’lik texnikasida (yoritish asbobla- rini ishlab chiqish uchun), rangli kino, televidenie va b. sohalarda qo’llanadi. Mashq qilaverish natijasida odam ko’zi 10 mingdan ortiq, rang va tuslarni farqlashi mumkin. Ko’p rangli fotome- triya usulida yulduzlarning ranglarini miqdoriy jihatdan o’rganish yulduzlar K.si deb ataladi. Bunda aniqbir yulduz- ning fotosuratlari olinadi yoki foto- elektrik usulda turli yorug’lik filtrla- ri orqali uning yorqinligi o’lchanadi. Eritmalardagi moddalar kontsentrasi- yasini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob kimyoviy K. deyiladi. Bu asbobni ishi bo’yalgan eritmalarning o’zidan o’tayotgan yorug’likni yutishiga asoslangan. U yorug’lik filtrlari to’plash b-n ta’min- lanadi (q. Ranglarni o’lchash).