Kutaisi
Kutaisi (qad. gruzin tilida «Kutatisi») — Gruziyaning g’arbidagi shahar. Imeretiyaning ma’muriy Mar- kazi. Iqtisodiy mavqei va kattaligi jihatidan Tbilisidan keyin 2-o’rinda turadi. Rioni daryosining har ikkala sohilida, 150 m balandlikda, joylash- gan. T.y. stantsiyasi K. shosse yo’llari orqali Tbilisi, Suxumi, Batumi va Shim. Kavkaz (Osetiya harbiy yo’li) b-n bog’langan. K.dan Tbilisigacha 220 km, eng yaqin dengiz porti Poti (100 km na- rida). Mayd. 70 km2. Aholisi qariyb 250 ming kishi (2002), asosan, gruzinlar (95%). Shuningdek, gruzin yahudiylari, rus ukrain, arman, grek va b. millat va- killari ham yashaydi. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, elektromexaniqa, kichik gabaritli traktorlar va b.), kimyo, engil, oziq- ovqat, qurilish materiallari, i.ch. kor- xonalari bor. 10 ga yaqin oliy o’quv yurti (shu jumladan, un-t, bir nechta xususiy oliy o’quv yurti, diniy akademiya va b.), umumiy ta’lim maktablari, lisey, gim- vaziya, kollejlar, 3 teatr, filarmoniya, tarix-etnografiya muzeyi, Kutaisi-Ge- lat muzey-qo’riqxonasi, bir qancha uy- muzeylar, telekompaniyalar, suratlar ga- lereyasi faoliyat ko’rsatadi. Rioni va Gu- mati GESlari qurilgan. Mashhur Sxal- Tubo kurorti ham K. yaqinida joylashgan. Tarixiy va me’moriy yodgorliklar- dan qad. shahar qal’asi (minoralar, darvozalar, qal’a devori), ko’priklar, podsho saroyi, cherkov va movastirlar, Imeretiya podsholarining qarorgohi — «Okros chardaxi», Gegutidagi katta pod- sho saroyi (18-a.), Mosamet monastiri (11-a.), Vardtsixe (Rodopolis) sh.ning xarobalari, 20-a. me’moriy yodgorli- klardan K. davlat un-ti, davlat drama te- atri, hokimiyat binolari, Rioni daryosi ko’priklari va b. bor. K. Kolxida podsholigining eng qad. shahri (mil. AV. 8-3-a.lar). 8-10-a.lar- da G’arbiy Gruziya (Egris-Abxaz davlati) ning, 978-1122 y. larda Birlashgan Gru- ziya podsholigining poytaxti. 13-a.dan Imeretiya podsholigining markazi. 17-a. ning 60 y.larida turklarga qaram bo’lgan. 1810 y. da Rossiya bosib olgan.